Ermashev Jengis Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi va faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu293.
Ilmiy rahbar: Kutibaeva Elizavetta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Ozod Tillaboevich,  yuridik fanlar doktori, professor; Daumenov Berdak Aytmuratovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi koshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi va faoliyatining konstitutsiyaviy - huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish orqali jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim masalalarni hal qilishga jalb etgan holda, xalq deputatlari kengashlarining doimiy komissiyalarida jamoatchilik tinglovlarni joriy etish zarurati asoslangan;
Mahalliy kengashlarning ish faoliyatini yanada takomillashtirish orqali hokimlar apparatini o‘zlariga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish maqsadida xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari kotibiyati to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish lozimligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari faoliyatini takomillashtirish yo‘li bilan kengashlar va hokimlarning vakolatlarini alohida belgilashga qaratilgan Kengash qotibiyati va uning vazifalari bilan bog‘liq normalarni kiritish lozimligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda yangi tahrirdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonunini ishlab chiqishga aniq ehtiyoj mavjudligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi va faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish buyicha olingan natijalar asosida:
xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalarida jamoatchilik tinglovlarni o‘tkazish tug‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq deputatlari Kengashlari reglamentlariga alohida 611- modda «Xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalarida jamoatchilik tinglovlar» ko‘shimcha sifatida kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kanlikul` tumani xalq deputatlari Kengashining 2020 yil 17 noyabr` 01-393–son hamda Shumanay tumani xalq deputatlari Kengashining 2020 yil 17 noyabr` 01-03/01-11/149–son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning kiritilishi eng muxim va ijtimoyi ahamiyatga ega masalalarni muxokamaga olib chiqish, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirishga yordam bergan;
xalq deputatlari Kengashining kotibiyatining huquqiy maqomi belgilash tug‘risidagi taklifi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq deputatlari Kengashlari reglamentining 48-moddasi yangi tahrirda kiritilgan va unda shahar, tuman xalq deputatlari Kengashining kotibiyatining huquqiy maqomi joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani xalq deputatlari Kengashining 2020 yil 
23 dekabr` 3174-01–son hamda Kegeyli tumani xalq deputatlari Kengashining 2020 yil 23 dekabr` 01-3119–son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning kiritilishi Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga, xokimlar apparatini o‘larga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilishga va pirovardida davlat xokimiyatining vakillik va ijroiya organlari o‘rtasida vakolatlarning taqsimlanishiga yordam bergan;
mahalliy davlat hokimiyati tug‘risida konunchiligiga ayrim o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati tug‘risida”gi Qonuni 171-modda bilan to‘ldirilgan va unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman, shahar Kengashi kotibiyati va uning vakolatlari joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘korgi Kengesining Konunchilik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi qurashish masalalari ko‘mitasining 2021 yil 17 mart 03-219-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman, shahar Kengashlari faoliyatini takomillashtirishga, mahalliy qengashlar va hokimlarning vazifalarini alohida belgilashga yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish