Sattorov Orifjon Boymurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklarida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1092.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xushvaqtova Xusnobod Solievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi fermer xo‘jaliklarida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intensiv bog‘dorchilik sohasining iqtisodiy samaradorlik darajasiga baho berishning soddalashtirilgan iqtisodiy diagnostikumi ishlab chiqilgan hamda diagnostikum identifikatori taklif etilgan;
zamonaviy intensiv bog‘dorchilik faoliyatining resurs tejamkorlik darajasiga resurs tejamkorlik indeksi orqali baho berish taklif etilgan va tejamkorlik indeksini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
intensiv bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarni yuqori foyda olgan holda sotish yuzasidan tipologik guruhlari shakllantirilgan;
intensiv bog‘dorchilikda tabiiy ofatlar tufayli kelib chiqadigan talofatlarni fermer xo‘jaliklari uchun kompensatsiya qilish mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Fermer xo‘jaliklarida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalari asosida:
intensiv bog‘dorchilik sohasining iqtisodiy samaradorlik darajasiga baho berish yuzasidan raqamli texnologiyalarga asoslanuvchi soddalashtirilgan iqtisodiy diagnostikumi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvar` 05/03-04-50-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bog‘dorchilik xo‘jaliklari faoliyatini baholash jarayonini 5-10 foizga soddalashtirish imkoni yaratilgan.
zamonaviy intensiv bog‘dorchilik faoliyatining resurs tejamkorlik darajasiga baho berish va tejamkorlik indeksini aniqlash bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvar` 05/03-04-50-son ma’lumotnomasi). Tejamkorlik indeksi asosida bog‘dorchilik xo‘jaliklari faoliyatini baholash, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviy tahlil qilish jarayonini 5-10 foizga soddalashtirgan.
intensiv bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarni yuqori foyda olgan holda sotish yuzasidan tipologik guruhlari asosida xo‘jaliklarda mahsulot sotish va saqlash tizimini diversifikatsiya qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvar` 05/03-04-50-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilik xo‘jaliklarida mahsulot sotishdan foyda miqdorini 5-8 foizga oshirgan.
tabiiy ofatlar tufayli kelib chiqadigan talofatlarni fermer xo‘jaliklari uchun kompensatsiya qilish mexanizmi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 yanvar` 05/03-04-50-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy ofatlar tufayli bog‘dorchilik xo‘jaliklari ko‘radigan talofatlarni kompensatsiya qilish hisobiga xo‘jaliklarda zarar miqdori 30 foizgacha kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish