Muqimov Ma’ruf Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda mutaxassilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017/2PhD/Ped126
Ilmiy rahbar: To‘raqulov Xolbo‘ta Abilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Rizamat Shodiev Davronovich – pedagogika fanlari doktori, professor;
Ma’murov Baxodir Baxshullaevich pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’limda bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanish texnologiyasini axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy sport turlari bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida axborotli ta’lim muhitining konseptual, texnologik, baholash-nazorat kabi funksional xususiyatlari va milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslangan kasbiy tayyorgarlik tizimini integratsiyalash asosida kasbiy tayyorlashning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti ta’limning har bir bosqichida o‘qitish-o‘rgatish, maslahat beruvchi, axborot-qidiruv, o‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish kabi funksional vazifalarni bajarilishini kafolatlovchi “Qadriyatlarni singdirish” nomli komp’yuterli tizim vositasida takomillashtirilgan;
milliy-ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy axborot tendensiyalari integratsiyasi vositasida milliy sport turlari bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion axborot ta’lim muhiti yaratilgan;
milliy sport turlari bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, irodaviylik kabi shaxs sifat ko‘rsatkichlari vositasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Professional ta’limda bo‘lajak mutaxassislarni milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalangan holda kasbiy faoliyatga tayyorlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
axborot ta’lim muhitida milliy va ma’naviy qadriyatlardan integrativ ravishda foydalanishning didaktik va metodik imkoniyatlari hamda bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan axborotli ta’lim muhitidan foydalanishga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax, Sirdaryo va Toyloq olimpiya zaxiralari sport kollejlarining (3810200)-Milliy sport turlari bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchi tayyorlov yo‘nalishidagi kasbiy fanlarni o‘qitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil iyul`dagi 89-03-2649-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar kasbiy fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasini oshirishga xizmat qilgan;
milliy sport turlari turkimiga kiruvchi fanlar mazmuniga milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning axborotli tizimini ishlab chiqishga doir takliflar “Bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-nazariy va pedagogik asoslari” o‘quv metodik ta’minotini mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil iyul`dagi 89-03-2649-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak mutaxassislarda milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish asosida kasbiy faoliyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi sifatlar bilan to‘ldirishga oid takliflar asosida milliy sport turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda milliy-ma’naviy qadriyatlarlardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil iyul`dagi 89-03-2649-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika milliy sport turlari buyicha mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.