Xojieva Nasiba Jumabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot boshqaruv tizimlarida qaror qabul qilishni axborotli quvvatlash algoritmlari va usullari», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T993.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Shuxrat Manapovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori; Ismailov Mirhalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eksergetik tahlil usullarini qo‘llash asosida energiya-texnologik ishlab chiqarishlarni termodinamik optimallashtirishning amaliy masalalari misolida qaror qabul qilishni axborotli qo‘llab-quvvatlovchi usullar va algoritmlarini ishlab chiqish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
strukturaviy optimallashtirish usullaridan foydalanish asosida energiya va issiqlik-texnologik qurilmalar va majmualarning optimal strukturalarini sintezlash usuli ishlab chiqilgan;
termodinamik tahlilning eksergetik tamoyilidan foydalanish asosida energiya va issiqlik-texnologik qurilmalarning samaradorligini tahlil qilishning muhandislik uslubiyati taklif etilgan;
energiya-texnologik jarayonlarning issiqlik osttizimlarini strukturaviy optimallashtirish algoritmlari va dasturlari ishlab chiqilgan;
neftni birlamchi qayta ishlash jarayonlariga taalluqli energiya-texnologik jarayonlarni eksergetik baholash algoritmlari va dasturlari majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murakkab kimyo-texnologik jarayonlarning axborot-boshqarish tizimlarida qaror qabul qilishning axborotli qo‘llab-quvvatlash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
energiya va issiqlik-texnologik qurilmalarni termodinamik strukturaviy-parametrik optimallashtirish uslubiyati va issiqlik-texnologik qurilmalarni optimal strukturaviy optimallashtirish algoritmlari va dasturlari «Chinoz neftni qayta ishlash zavod» MChJ ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 33-8/7050-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` va gaz kondensatini birlamchi qayta ishlash jarayonining energiya samaradorligini 5,5% ga oshirish va optimallashtirilayotgan texnologik tizim strukturalarini qayta strukturalash bo‘yicha optimal qaror qabul qilish vaqtini 15-20% ga qisqartirish imkonini bergan;
neftni birlamchi qayta ishlash energiya-texnologik boshqaruv jarayonlarini eksergetik tahlil qilish uslubiyati «O‘ZLITINEFTGAZ» aksiyadorlik jamiyatda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 33-8/7050-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish samaradorligini 0,072% ga oshirishga imkoniyat yaratilgan.