Raximov Xurshid Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samarali kompozision emul`gatorlar va ular asosida neftemul`sion burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T.330.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Rozikov Komil Xoliqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: samarali kompozision emul`gatorlar va ular asosida neft`-emul`sion burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft`-gaz quduqlarini burg‘ulashda ishlatiladigan kompozision emul`gatorlar va ular asosidagi neft`-emul`sion burg‘ulash eritmalarining fizik-kimyoviy va texnologik xossalarining o‘zgarishi ularni tashkil etuvchi organomineral ingredientlarning tabiati, tuzilishi, miqdori va nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan;
emul`gatorning turi, tarkibi va nisbatiga qarab neft`-emul`sion burg‘ulash eritmalarining fizik-kimyoviy xossalarini boshqarish mumkinligi asoslangan;
neft`-emul`sion burg‘ulash eritmalarning texnologik xususiyatlariga tanlangan organomineral ingredientlar ta’siri asoslanib, oldindan belgilangan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan kompozision kimyoviy reagentlar yaratish uchun yangi ilmiy-yondashuv ishlab chiqilgan;
ilk bor mahalliy xomashyolardagi organomineral ingredientlar va ikkilamchi maxsulotlar asosida og‘ir kon-geologik sharoitlarida neft`-gaz quduqlarida qo‘llaniladigan neft`-emul`sion burg‘ulovchi eritmalarning import o‘rnini bosuvchi yangi tarkiblari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy reaktivlar, o‘zining mosligi tufayli burg‘ulash eritmalarining texnologik parametrlariga kuchli barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarali kompozision emul`gatorlar va ular asosida neft`-emul`sion burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
emul`siyali burg‘ulash eritmasi uchun reagent olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP04948, 2011 y.). Natijada, texnologiyani o‘zgartirish va rivojlantirish, emul`siyali burg‘ulash eritmalari uchun sanoat chiqindilarini modifikatsiyalash va texnologiyasini ishlab chiqish sohasida qo‘llash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan KP-GEM kompozision kimyoviy emul`gator «Yujniy Kemachi» konining 130-son qudug‘ida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 5 yanvardagi 03-17-5/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab geologik sharoitlarda mahsuldor gorizontni burg‘ulash imkonini bergan;
KP-GEM kompozision emul`gatori asosida ishlab chiqilgan neft`-emul`sion burg‘ulash eritmasi Arslan konining 9-son qudug‘ini burg‘ulashda joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 5 yanvardagi 03-17-5/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, burg‘ulash jarayonida avariyalarning oldini olishga yordam berish va barqarorlik ko‘rsatkichini 1,2–1,4 barobarga oshirish imkonini bergan.