Abdullaeva Saodat Daniyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard revaskulyarizatsiyasidan keyingi yallig‘lanish laborator markerlarining diagnostik ahamiyati» 14.00.25 - Klinik laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1276.
Ilmiy rahbar: Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasi amaliyotidan so‘ng yallig‘lanish markerlarining laborator monitoringini optimallashtirish, davolashni salbiy oqibatlarini bashorat qilishda ularning prognostik axamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronar tomirlarning zararlanishi va aterosklerozning mul`tifokalligiga bog‘liq holda yallig‘lanish markerlarining jarayonga qarab tabiiy o‘zgarishi asoslangan;
teri orqali o‘tkazilgan aralashuvdan keyingi birinchi kunida yallig‘lanish jarayoniga javob reaksiyasi xususiyatining kuchayishi va uning beshinchi kunida nisbatan stabillashi aniqlangan;
teri orqali o‘tkazilgan amaliyotdan keyin uzoq muddat o‘tgandan so‘ng kuzatiladigan ijobiy va salbiy holatlarda α-O‘NO, IL-6, S-reaktiv oqsil, fibrinogen, VEGF kabi yallig‘lanish markerlarini dinamikada bir-biridan farq qilishi aniqlangan;
teri orqali o‘tkazilgan aralashuvdan oldin fibrinogenni va IL-6, uning 1 kunida α-O‘NO va 5 kunida VEGF aniqlash noxush holatlarni bashoratlashda tashxisiy muhimligi asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bor bemorlarida jarroxlik amaliyoti davrida yallig‘lanish omillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koronar ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Koronar ateroskleroz bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik amaliyoti davrida yallig‘lanishni tizimli markerlarini diagnostik ahamiyati” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 2 sentyabrdagi 8n-d/121-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotida salbiy oqibatlarni kamaytirish hamda tashxislash va bashoratlashni muqobil tamoyillarini tanlash imkonini bergan.
Yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotida salbiy oqibatlarni kamaytirish hamda tashxislash va bashoratlashni muqobil tamoyillarini tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi Toshkent viloyati filiali va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-z/194-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi koronar aterosklerozni erta tashhislashni, ayniqsa miokard revaskulyarizatsiyasini xirurgik va endovaskulyar bosqichlarida subklinik yallig‘lanishni aniqlashni takomillashtirish imkonini bergan.