Fayziev Shoxrux Shamsi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiq va quruq iqlim sharoitida bajariladigan geodezik o‘lchash natijalariga refraksiya ta’sirini aniqlash va hisobga olish (Qarshi shahar misolida)», 11.00.06 – «Geodeziya. Kartografiya» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2175.
Ilmiy rahbar: Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sadulla Avezbaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Abdullaev To‘lqin Mansurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quruq va issiq iqlim sharoitida shaharlarda geodezik o‘lchashlarni amalga oshirishda o‘lchash aniqligiga gorizontal refraksiya ta’sirini o‘rganish va o‘lchash aniqligini oshirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geodezik ob’ektlardagi gorizontal yo‘nalishlarni o‘lchash aniqligini oshirish usullari meteorologik ma’lumotlarning gorizontal va vertikal taqsimlanishi asosida takomillashtirilgan;
issiq va quruq iqlim sharoitida geodezik o‘lchash ishlari aniqligiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash usuli havo harorati, bosimi va namligini inobatga olib ishlab chiqilgan;
refraksiya ta’sirini aniqlash va uni hisoblash usuli hududning joy rel`efi, atmosferaning gorizontal yo‘nalishidagi geodezik o‘lchash natijalari asosida takomillashtirilgan;
issiq va quruq iqlim sharoitida refraksiya ta’sirini inobatga olib IV sinf shahar poligonometriyasida vizir nuri 1,5 m balandlikdan kam bo‘lmaganda geodezik o‘lchash xatoligi kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiq va quruq iqlim sharoitida bajariladigan geodezik o‘lchash natijalariga refraksiya ta’sirini aniqlash va hisobga olish (Qarshi shahri misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
meteorologik ma’lumotlarning gorizontal va vertikal taqsimlanishini hisobga olgan holda geodezik ob’ektlardagi gorizontal yo‘nalishlarni o‘lchash aniqligini oshirish usullari «Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Samarqand aerogeodeziya korxonasida joriy etilgan («Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 iyuldagi 02-08-6805-son ma’lumotnomasi). Natijada, geodezik ob’ektlaridagi o‘lchash natijalari aniqligini 1,5-2 martaga oshirish imkoni yaratilgan;
quruq va issiq iqlim sharoitida geodezik o‘lchash ishlari aniqligiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash usuli «Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tizimidagi «O‘zdaverloyiha» institutining «Qashvilerloyiha» bo‘linmasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 iyuldagi 02-08-6805-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qarshi shahar va uning atrofidagi geodezik ob’ektlarida o‘lchash natijalarining xatoligini kamaytirish imkoni yaratilgan;
quruq va issiq iqlim sharoitida geodezik o‘lchash ishlari aniqligini oshirish usuli «Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tizimidagi Surxondaryo viloyati “Ermulkkadastr” davlat korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («Davergeodezkadastr» davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 iyuldagi 02-08-6805-son ma’lumotnomasi). Natijada, geodezik o‘lchov ob’ektlaridagi o‘lchashlar aniqligining 25-30 foizgacha oshirilishiga erishilgan.