Sabirova Gulnoza Sadikovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiyma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tili olmoshlarini axborot texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped5.

Ilmiy rahbar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildarxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Irmuxamedova Gulchexra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tili olmoshlarini axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

lingvistik korpus, blog-texnologiya, veb-kvest, lisoniy mul`timedia dasturlarining olmoshlarni qo‘llash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirishdagi didaktik xususiyatlari va metodik funksiyalari aniqlangan;

o‘quvchilarga ingliz tilidagi olmoshlarni lingvistik korpus, lisoniy mul`timedia dasturlari, blog-texnologiya va veb-kvestlar asosida o‘rgatish metodikasi ishlab chiqilgan;

lingvistik korpus, lisoniy mul`timedia dasturlari, blog-texnologiya va veb-kvestlar orqali olmoshlarni reseptiv va produktiv qo‘llash ko‘nikmalari aniqlangan;

lingvistik korpus, lisoniy mul`timedia dasturlari, blog-texnologiya va veb-kvestlar asosida olmoshlarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan reseptiv va reproduktiv mashqlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tilidagi olmoshlarni axborot texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:

o‘quvchilarga ingliz tilidagi olmoshlarni lingvistik korpus, lisoniy mul`timedia dasturlari, blog-texnologiya va veb-kvestlar asosida o‘rgatish metodikasi Toshkent shahri hamda Toshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari umumta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligining 2016 yil 5 oktyabrdagi 01-02/1-3-310-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodikani qo‘llash natijasida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqida olmoshlarni qo‘llash ko‘nikmalarini egallash samaradorligi oshgan;

lingvistik korpus, blog-texnologiya, veb-kvest, lisoniy mul`timedia dasturlarining olmoshlarni qo‘llash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirishdagi didaktik xususiyatlari va metodik funksiyalari «Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari» loyihasiga tatbiq qilingan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 2 fevraldagi FTK-0313/118-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ta’lim jarayoni sub’ektlarining axborot-kommunikativ kompetensiyalarini oshirgan;

lingvistik korpus, lisoniy mul`timedia dasturlari, blog-texnologiya va veb-kvestlar asosida olmoshlarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan reseptiv va reproduktiv mashqlardan «Bolajon» teleradiokanalining «Bravo English» ko‘rsatuvi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 23 fevralidagi 05-15/643-son ma’lumotnomasi). Lisoniy mul`timedia dasturlaridagi interaktiv mashqlar o‘quvchi-tomoshabinlarga olmoshlarning grafik va akustik obrazlarini o‘zlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish