Musaeva Ruxshona Xomidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard revaskulyarizatsiyasi bilan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klinik yo‘nalishni va prognozni bashorat qilish» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1161.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Islamjan Mamatxanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: akad. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi SYuE bilan kasallangan bemorlarda klinik - angiografik ma’lumotlar va miokard revaskulyarizatsiyasi natijalari asosida kasallikning klinik kechishi va prognozini bashorat qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda koronar arteriyalarning aterosklerotik zararlanish darajasi va ko‘p tomirli zararlanishi hamda kasallikning klinik kechishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda koronar arteriyalar zararlanish darajasining chap qorinchaning qisqaruvchanlik funksiyasi bilan assotsirlanishi aniqlangan;
koronar tomirlarni stentlash orqali miokard revaskulyarizatsiyasini o‘tkazishning surunkali yurak etishmovchiligi klinik kechishi, miokard qisqaruvchanligi va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri samaradorligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligida klinik-angiografik noxush prediktorlarga asoslanib xavf stratifikatsiyasi aniqlangan hamda kasallik klinik kechishi va prognozini bashoratlash uchun dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallangan bemorlarda kasallikning kechishini erta prognozlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng surunkali yurak etishmovchiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda prognozni baholash usuli» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-r/269-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng kasallik kechishi va prognozini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng kasallik kechishini prognozlash va davolashga yondashuni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitpsiya ilmiy amaliy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yorlam ilmiy markazi Buxoro filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali, Buxoro va Kogon shahar tibbiyot birlashmalarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 maydagi 8n-z/88-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligili bemorlarda kasallikni erta aniqlash, klinik kechishini prognozlash va davolashni optimallashtirish imkonini bergan.