Allayarov Suxrob Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda optimallashgan fiskal siyosatni amalga oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt342.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda optimallashgan fiskal siyosatni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini oltin, kumush bo‘yicha 20% miqdorida belgilash asosida investisiya qilish uchun korxona ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘ qoldirish asoslangan;
ko‘chmas mulk va asosiy vositalar sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish asosida korxona iqtisodiy o‘sishini ta’minlash asoslangan;
ko‘rinishi, tarkibi bo‘yicha xususiyatlari yaqin bo‘lgan import qilinadigan tovar pozisiyalarini aniqlashtirish asosida bojxona stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish taklif etilgan;
davlat qarzini olish shartnomalarini chegaralash, byudjetni qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga cheklov o‘rnatish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda optimallashgan fiskal siyosatni amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini oltin, kumush bo‘yicha 20% miqdorida belgilash asosida investisiya qilish uchun korxona ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘ qoldirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/04-02-01-44/1406-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yildan boshlab, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari oltin, kumush bo‘yicha 25% dan 20% gacha, 2021yildan esa 15 %gacha kamaytirilgan hamda shu korxonalarning foydasini soliqqa tortish rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda belgilangan, bu esa tarmoqda investisiya qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ qoldirish imkonini bergan;
ko‘chmas mulk va asosiy vositalar sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish asosida korxona iqtisodiy o‘sishini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/04-02-01-44/1406-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2020 yil oxirigacha korxonalarga 900 mlrd.so‘m atrofida mablag‘larning qaytarilishiga erishilgan;
ko‘rinishi, tarkibi bo‘yicha xususiyatlari yaqin bo‘lgan import qilinadigan tovar pozisiyalarini aniqlashtirish asosida bojxona stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/04-02-01-44/1406-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat byudjetiga 25 mlrd.so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari tushgan, 2859 ta tovar pozisiyalari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki bozordagi raqobatbardoshlik darajasi oshishiga erishilgan;
davlat qarzini olish shartnomalarini chegaralash, byudjetni qo‘llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga cheklov o‘rnatish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining “2020 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 1 iyundagi 06/04-02-01-44/1406-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat byudjetining foizlar to‘lash xarajatlarining oshishiga chegara belgilanib, davlat byudjeti taqchilligi oshishiga yo‘l qo‘yilmagan.