Ikramov Otabek Isakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘zning orqa qismi shikastlanishi bilan kechuvchi teshib o‘tgan jarohatlarda bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolash samaradorligini oshirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib363.
Ilmiy raxbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Toropigin Sergey Grigor`evich tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Bilalov Erkin Nazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «SILOAM EYE HOSPITAL» Oftal`mologik klinikasi (Janubiy Koreya, Seul).
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida ko‘z soqqasi orqa qismi shikastlangan ochiq jarohatlarida eng yangi mikroinvaziv vitreoretinal texnologiyalarni qo‘llash orqali shoshilinch yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z olmasi ichiga yot jism kirish orqali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlarida ko‘z soqqasi ochiq jarohatlari klinik-funksional natijalariga ta’sir qiluvchi omillarning turi, xajmi, jarohatlanish davomiyligi inobatga olib birlamchi jarroxlik ishlovi doirasidagi jarrohlik aralashuvlar o‘rni va ahamiyati ochib berilgan;
operatsiyadan keyingi davrda jarohatdan keyingi rivojlanib boruvchi proleferativ vitroretinopatiya paydo bo‘lishi, traksion sindrom rivojlanishi natijasida yuqori texnologik mikroinvaziv vitreoretinal aralashuvlarni bajarishni qoldirish tartibi isbotlangan;
ilk bor ko‘z orqa qismi shikastlangan ko‘z soqqasi teshib o‘tgan jarohatlarida 23G mikroinvaziv vitrektomiya yo‘li bilan birlamchi jarroxlik ishlovidan so‘ng 24 soatdan kechikmay ko‘z ichi yot jismini erta kechiktirilgan muddatlarda olib tashlash imkoniyatlari asoslangan;
diaskleral usuldan farqli o‘laroq birlamchi jarroxlik ishlovi doirasidagi operatsiya jarohatlarini kamaytirish, rivojlanib boruvchi proleferativ vitroretinopatiya paydo bo‘lishi va traksion sindrom rivojlanishining oldini olish imkoniyatini yaratilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orqa qism shikastlangan ko‘z teshib o‘tgan jarohatlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekistonda ko‘z jarohatlarining klinik-struktur tahlili bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «2015-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida ko‘z jarohatlarining klinik-struktur tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-d/301-son ma’lumotnomasi). Ushbu metodik tavsiyalar jarohat mexanizmi, hajmi, murojaat muddatlari va ularni davolash standartlariga kiritish kabilarni hisobga olib ko‘z jarohati bo‘lgan bemorlarni parvarishlash taktikasiga bo‘lgan differensiatsiyaviy yondashuvga ko‘maklashish imkonini bergan.
O‘zbekistonda teshib o‘tgan jarohatlar tuzilishining tahlili bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasida ko‘z olmasini teshib o‘tgan jarohatlarining klinik-struktur tahlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-d/301-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari tahlili jarrohlik usulini tanlash, uning hajmi, ko‘zdan yot tanachani olib tashlash bosqichlarini hisobga olib, KIYoJ bilan asoratlangan ko‘z soqqasi teshib o‘tgan jarohatlarda reabilitatsiya chora-tadbirlari algoritmini ishlab chiqishga imkon yaratgan;.
eng yangi mikroinvaziv vitreoretinal texnologiyalarni qo‘llab O‘zbekiston Respublikasida orqa qism shikastlangan ko‘z soqqasi ochiq jarohatlarida shoshilinch yordamni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan dissertatsiya ishlari natijalari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika oftal`mologiya klinik kasalxonasi, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari oftal`mologik kasalxonalari amaliy faoliyatiga joriy etilgan bo‘lib (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7maydagi 8n-z/94-son ma’lumotnomasi), natijada intraoperatsion asoratlar sonini kamaytirish, keyinchalik jarohatdan so‘ng yuzaga keladigan asoratlar sonini qisqartirish, shuningdek, teshib o‘tgan yaralar funksional natijalarini yaxshilash va barqaror anatomik samaraga erishish imkoni yaratilgan.