Nozimov Axmadjon Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘ta qaytalanuvchi pterigiumni xirurgik davolashni optimallashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1081.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadeev Timur Rafael`evich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta qaytalanuvchi pterigiumni davolashni modifikatsiyalangan xirurgik usulini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘ta qaytalanuvchi pterigiumni davolashda ichki to‘g‘ri mushak resessiyasi va oyoqchali autokon’yunktiva plastikasini qo‘llash (xalqaro intelektual mulk Agentligining mualliflik guvohnomasi (Method of treatment of persistently reccurent pterygium. The owner of «INTEROCO International Online Copyright Office». №ES-01-002977; 05 October 2020. European Depository. Germany, Berlin)) orqali, pterigiumektomiyaning modifikatsiyalangan operatsiya usuli ishlab chiqilgan;
bemorlarni uzoq vaqt kuzatishlar asosida jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarning va qaytalanishlar foizining ishonchli kamayishi isbotlangan; 
pterigiumda qaytalanishlar soni o‘sishiga mos ravishda, shox pardaning optik interfeysidagi o‘zgarishlar darajasining oshishi isbotlangan;
pterigiumning ko‘p sonli qaytalanishlari, ko‘z yoshi pardasining turg‘unligi va meybomiy bezlari o‘tkazuvchi yo‘llarining berkilishidan iborat bo‘lgan, ko‘z yoshining funksional birligida chuqur o‘zgarishlar chaqirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘ta qaytalanuvchi pterigiumni xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olib borilga tadqiqotning ilmiy natijalar asosida:
o‘ta qaytalanuvchi pterigiumni jarrohlik davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘ta qaytalanuvchi pterigiumni jarrohlik davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 8n–d/112-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘ta qaytalanuvchi pterigiumni xirurgik davolashning kombinatsiyalashgan usuli, operatsiya texnikasi va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qaytalanuvchi pterigiumli bemorlarni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘ta qaytalanuvchi pterigiumli bemorlarni davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 8n–d/112-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma pterigium qaytalanishini oldini olishga qaratilgan kompleks davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan; 
O‘ta qaytalanuvchi pterigiumni xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Termiz filiali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi oftal`mologiya shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n – z/6 – son ma’lumotnomasi). Natijada o‘ta qaytalanuvchi pterigiumli bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida  taklif etilayotgan xirurgik usul, an’anaviy oyoqchali autokon’yunktiva plastikasi davolash usuli bilan solishtirganda qaytalanishlar sonini 2,7 marotaba kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish