Bekmirzaev Diyorbek Abdugapporovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Er osti quvurlarining grunt bilan murakkab sharoitli o‘zaro ta’siri seysmodinamikasi», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar, er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T16.

Ilmiy rahbar: Rashidov Tursunbay, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Rasulov Hayat Zayirovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Usarkul, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: er osti quvurlarining grunt bilan murakkab sharoitli o‘zaro ta’siri seysmodinamikasini hisoblash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

er osti quvurlari seysmodinamikasida sonli taqribiy usullarning keng qo‘llanilishi orqali hisoblash uslublari takomillashtirilgan;

«quvur–grunt» tizimida chiziqli va chiziqsiz o‘zaro ta’sirni hisobga olib bo‘ylama tebranishdagi er osti quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;

seysmik yuklanishlardagi tarqalgan massali murakkab tizimli er osti quvurlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;

ortogonal va noortogonal shaklli er osti quvurlarining ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik yuklanishlardagi kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Er osti quvurlari seysmodinamikasi jarayonlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik yuklanishlardagi er osti quvurlarining hisoblash uslubi Respublika davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga qarashli loyihalash korxonasi «Techno Engineering Expert» MChJda loyihalash ishlari uchun joriy etilgan («Techno Engineering Expert» MChJning 2016 yil 25 mayda dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi loyihalash jarayonida hisoblash vaqtini 2 marta tejalishiga, quvurning turg‘unligi hamda chidamliligini 1,2 marta zaxira bilan hisoblanishiga imkon bergan;

seysmik hududlarda murakkab shakldagi er osti quvurlarini hisoblash imkoniyatini beruvchi uslublar Respublika davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga qarashli loyihalash korxonasi «Ta’mir-loyiha» MChJda loyihalash ishlari uchun joriy etilgan («Ta’mir-loyiha» MChJning 2016 yil 14 apreldagi dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi hududning seysmik intensivligidan kelib chiqib, quvurlarning ko‘milish chuqurligini 15–20 foizgacha kamaytirish hamda ish sifati va mehnat unumdorligini oshirish imkonini bergan;

ixtiyoriy yo‘nalgan seysmik yuklanishlardagi er osti quvurlarining hisoblash uslubi hamda seysmik hududlarda murakkab shakldagi er osti quvurlarini hisoblash imkoniyatini beruvchi uslubi Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan keladigan zararlarni kamaytirish uchun joriy etilgan (Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2016 yil 20 iyuldagi 2/4/15-1295-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi neft`-gaz sanoatidagi texnogen xavfli holatlarni, sovuq kunlarda issiqlik tarmoqlaridagi uzilishlarni, bundan tashqari ekologik muammolarni kelib chiqishining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish