Muratov Okilbek Ashirbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kovsh-kosilka yordamida zovur zahkash tarmoqlarini dag‘al o‘simliklardan tozalash texnologiyasi», 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2PhD/T.293.
Ilmiy rahbar: Raximov Shavkat Xudargenovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadiqot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sherov Anvar G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Fazliddin Urinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “UzGIP” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq kollektor va zovur tarmoqlarining parametrlariga ta’sir qilmasdan, dag‘al poyali o‘simliklardan tozalash texnologiyasini yaratish hamda ularning sizot suvlarni qabul qilish va o‘tkazish qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq kollektor va zovur tarmoqlaridagi dag‘al poyali o‘simliklarni bir vaqtning o‘zida o‘rib va tozalab ketadigan kovsh-o‘rgichning yangi konstruksiyasi va ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarini kovsh-o‘rgich yordamida dag‘al poyalarning ichiga suv va loyqa kiradigan kesim xosil qilib o‘rib tozalash usuli ishlab chiqilgan;
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarini dag‘al poyali o‘simliklarni bir paytda o‘rib tozalash orqali kollektor-drenaj tarmoqlaridagi ta’mirlash-tiklash ishlari texnologiyasi takomillashtirilgan;
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarida dag‘al poyali o‘simliklarni o‘sish darajasiga bog‘liq holda o‘rib tozalash uchun vaqt me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kovsh-kosilka yordamida zovur zahkash tarmoqlarini dag‘al o‘simliklardan tozalash texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarini dag‘al poyali o‘simliklarni suv ostidan o‘rib tozalaydigan kovsh-o‘rgich kontruksiyasi va texnologiyasiga Intellektual mulk agetligining ixtiro patenti olingan («Kovsh-o‘rgich» №IAP 06088 - 2019 y.). Natijada kovsh-o‘rgichning yangi konstruksiyasi va ishlash texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarini dag‘al poyali o‘simliklardan o‘rib tozalash uchun vaqt me’yorlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Amudaryo Chap-qirg‘oq irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi»ga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/25-4965- son ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq kollektor va zovur tarmoqlaridagi ta’mirlash-tiklash ishlarini takomillashtirilgan texnologiyasi asosida bajarish imkoniyati yaratilgan;
ochiq kollektor va zovur tarmoqlarini kovsh-o‘rgich yordamida dag‘al poyalarning ichiga suv va loyqa kiradigan kesim xosil qilib o‘rib tozalash usuli uchun vaqt me’yorlarini Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «SUVLOYIHA» DUK ga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/25-4965-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq kollektor va zovur tarmoqlarida ta’mirlashlararo ishlash muddatlarini uzaytirishga va ta’mirlash-tiklash ishlarida mablag‘larning 5-8% gacha tejalishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish