Gadaev Nodirjon Nosirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Interpolimer kompleksi asosida g‘o‘zani egatlab sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)»,06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/T2028.
Ilmiy rahbar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximjon Karimovich, texnika fanlari doktori, professor;Isaev Sobirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlar sharoitida g‘o‘zani egatlab sug‘orishda interpolimer komleks asosida xosil qilinadigan ekran hamda diskret sug‘orish texnologiyasini qo‘llash orqali sug‘orish suvini tejash, mineral o‘g‘itlarning samarasiz sarfini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘orish jarayonida qo‘llaniladigan tuproq faol qatlamidagi mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirish usuli interpolimer komlekslar asosida hosil qilingan ekranli egatlar va tuproq osti ekranlarni birgalikda qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
diskret sug‘orish texnologiyasi asosida interpolimer komlekslardan hosil qilingan tuproq usti hamda tuproq osti ekranlarni birga qo‘llash orqali tuproq faol qatlamida g‘o‘zaning ildiz tizimida tuproqqa kerakli namlik miqdorini saqlab qolish usuli takomillashtirilgan;
diskret sug‘orish texnologiyasida interpolimer komplekslardan hosil qilingan ekranli egatlarga sug‘orish suvini impul`slar seriyasi bilan berish asosida egatning butun uzunligi bo‘yicha tuproqni namlanish epyurasining o‘zgarish dinamikasi asosida aniqlangan;
interpolimer komplekslar asosida sug‘orish egatlarida va tuproq ostida ekranlar hosil qilib diskret sug‘orish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Interpolimer kompleksi asosida g‘o‘zani egatlab sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha oligan natijalar asosida:
interpolimer komlekslar asosida hosil qilingan ekranli egatlar va tuproq osti ekranlarni birgalikda qo‘llash orqali tuproq faol qatlamida qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirish usuli Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/022-3510-son ma’lumotnomasi). Natijada har gektar sug‘oriladigan maydondan 20-25 % suvni va mineral o‘g‘it (azot) larni30,2 - 34,6 % ga tejalishiga erishilib, g‘o‘za hosildorligi 4,8 -5,5 s/ga oshgan;
interpolimer komplekslardan hosil qilingan ekranli egatlarda g‘o‘zani diskret sug‘orish texnologiyasi Toshkent viloyati Piskent tumani fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/022-3510 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlarning samaradorligi 31,4 % ga oshishiga, 940 m3/ga suv resurslarini tejalishiga va g‘o‘zaning hosildorligini 4,9-5,3 s/ga oshishiga erishilgan;
diskret sug‘orish texnologiyasini hisobga olgan xolda egat uzunligi bo‘yicha tuproqning namlanish chuqurligining o‘zgarish dinamikasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/022-3510-son ma’lumotnomasi). Natijada mineral o‘g‘itlarning samarasiz sarfi 31-33 % ga kamayib, tekis namlanish koeffisenti 0,77 dan 0,82 gacha oshgan, 937 m3/ga suv resurslari tejalishiga va g‘o‘za hosildorligi 4,3 s/ga o‘sishiga erishilgan.