Saidakbarova Muqaddas Muhammadrahimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy ijodida ijtimoiy g‘oyalarning tarixiy-badiiy talqini», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil.498.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Radjabova Burobiya Tangirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Alisher Navoiy asarlarida aks etgan ijtimoiy-siyosiy voqelikka munosabat, ijtimoiy-falsafiy asoslari masalasi va uning tarixiy-badiiy talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, badiiy-falsafiy g‘oyalar ifodasida nafaqat so‘z san’atkori, balki etuk tarixnavis sifatidagi o‘rni aniqlangan;
Navoiy va uning salaflari ijodidagi tarixiy shaxs va badiiy-to‘qima obrazlar, ularning biografik ma’lumotlari, ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi mushtarakliklar hamda xarakter yaratish, g‘oyaviylik, badiiylikdagi farqli jihatlar shoirning epik, lirik, nasriy asarlari asosida ochib berilgan;
tarixiy obrazlar misolida “Shohnoma”, “Qobusnoma”, “Qutadg‘u bilig” kabi badiiy-tarixiy manbalar hamda xalq og‘zaki ijodidagi davlatchilik asoslari, ijtimoiy adolat, shaxs va jamiyat munosabatlari, inson erki masalalarining genetik kurtaklari aniqlangan;
hukmdorlarning oilaviy-maishiy turmushidagi tanazzuli ular boshqarayotgan jamiyatning inqiroziga olib kelganligi Navoiy tomonidan tarixiy dalil va badiiy talqinlar asosida ifodalanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning temuriylar Uyg‘onish davrining faol ijtimoiy shaxsi sifatida XV asrning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy muammolariga faol munosabati tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan:
Navoiy va uning salaflari ijodidagi tarixiy shaxs va badiiy-to‘qima obrazlar, ularning biografik ma’lumotlari, ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi mushtarakliklar hamda xarakter yaratish, g‘oyaviylik, badiiylikdagi farqli jihatlariga oid natijalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilayotgan №574097-ERR-1-2016-1-SY-EPPKA2-CBHE-JP, “RUECVET: “Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazavaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana” (2016-2019 gg.) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3073-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyoti hamda pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida adabiyotshunoslik nazariyasi, adabiyotshunoslikka kirish, navoiyshunoslik sohasini o‘qitishning samaradorligi oshgan;
tarixiy obrazlar misolida “Shohnoma”, “Qobusnoma”, “Qutadg‘u bilig” kabi badiiy-tarixiy manbalar hamda xalq og‘zaki ijodidagi davlatchilik asoslari, ijtimoiy adolat, shaxs va jamiyat munosabatlari, inson erki masalalarining genetik kurtaklari oid xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan ModeHED-“Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” (2015-2018) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3073-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, madaniy, ma’rifiy muammolar echimini topish usullaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga erishilgan;
Alisher Navoiyning so‘z san’atkori va etuk tarixnavis sifatidagi mahoratiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tuman hokimligi muassisligidagi “YOG‘DU-YAYPAN” televideniesining “O‘zbekiston tumani yangiliklari” loyihasi, “Iste’dod-qadriyat” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati YOG‘DU-YAYPAN” televideniesining 2020 yil 12 maydagi 2010-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha hamda ko‘rsatuvning badiiyligi, ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.