Doschanov Jalolbek Saparboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning shimoliy hududlariga moslashgan tritikale navlarini tanlash va ularning fiziologik xususiyatlarini o‘rganish», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B169.
Ilmiy rahbar: Baboev Saidmurat Kimsanbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Karimjon Safarov, biologiya fanlari doktori, professor; Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitiga mos tritikale navlarini tanlashda moslanuvchanlikning fiziologik va biokimyoviy asoslash hamda shu hududga mos qimmatli yuqori mahsuldor navlarni ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproq va iqlim sharoitida tritikalening biomassasi to‘plash dinamikasi, barg sathi indeksi, poya va oxirgi bo‘g‘in uzunligi, o‘simtalarning laboratoriya sharoitida sho‘rga chidamliligi aniqlangan va shular asosida ushbu hududga mos navlar ajratib olingan;
tritikalening sho‘rlangan tuprok-iqlim sharoitiga moslanuvchanlik mexanizmi fiziologik tahlillar yordamida asoslangan va doni tarkibidagi lizin miqdoriga navlar hamda etishtirish texnologiyasining ta’siri aniqlangan;
tritikale navlari doni tarkibidagi aminokislotalar tarkibi va turli navlarda almashadigan va almashilmaydigan aminokislotalar nisbati turlicha ekanligi aniqlangan;
navlarni turli tuproq sharoitlarida biometrik ko‘rsatkichlari orqali Xorazm hududiga mos keladigan va ishlab chiqarish talablariga to‘liq javob beradigan navlar ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitiga mos tritikale navlarini tanlashda moslanuvchanlikning fiziologik va biokimyoviy asoslarini tahlil qilish va shu hududga mos qimmatli yuqori mahsuldor navlarni tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tritikalening 11 ta navlari Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Dildora Bojmon” fermer xo‘jaligida 48 gektar gektar er maydoniga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 28 avgustdagi 2020 yil 02/021-2730-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Svat” navidan 92 s/ga, “Tixon” navidan 88,4 s/ga, “Sergey” navidan 85,8 s/ga, “Sardor” navidan 75,4 s/ga don hosili olish imkonini bergan;
tritikalening Sardor, Svat, Sergey va Tixon navlari Xorazm viloyati Urganch tumani xududida joylashgan Mash’al fermer xo‘jaligining 27 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 21 oktyabrdagi 4/1255-2241-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori va sifatli don hosili olishga, chorva mollari uchun em-xashak sifatida ishlatiladigan er ustki biomassani oshirish imkonini bergan.