Safarov Alisher Bekmurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatining iqlimiy sharoitlariga moslashtirilgan samarador shamol energetik qurilmasini yaratish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T777
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Urishev Boboraim texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. 
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kuchsiz shamol oqimlarida ishlaydigan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tashqi yo‘naltiruvchi sirtlarga ega bo‘lgan, ichki qarama-qarshi aylanuvchi shamol g‘ildiraklarining parraklari vertikal o‘qqa nisbatan parraklar orasidagi masofa kengligida qiyalashtirilgan hamda stator va rotori qarama-qarshi tomonga aylanuvchi, aksial ko‘p qutbli generatorli vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi ishlab chiqilgan;
shamol energiyasining potensialini hisobga olgan holda o‘zgaruvchan va kuchsiz shamol oqimlarida elektr energiyasi olish imkonini beradigan  stator va rotori qarama-qarshi tomonga aylanuvchi shamol elektr generatorining konstruksiyasi takomillashtirilgan;
qurilmaga yo‘naltirilayotgan shamol oqimining uzluksizligini ta’minlash va shamol parraklariga aks ta’sir qiluvchi kuchlarni kamaytirish usuli tashqi yo‘naltiruvchi sirtlarning geometrik o‘lchamlari va ular orqali o‘zgartirilgan shamol oqimi tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
kuchsiz shamol oqimlarida ishlaydigan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasining turli balandliklardagi shamol oqimining tezligini hisobga olgan holda quvvati, ishlab chiqaradigan energiyasi va shamol energiyasidan foydalanish koeffisientlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro viloyatining iqlim sharoitlariga moslashtirilgan samarador shamol energetik qurilmasini ishlab chiqish hamda parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
iqlim sharoitlari uchun moslashtirilgan kuchsiz shamol oqimlarida ishlovchi vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi uchun Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Shamol energetik qurilmasi” FAP 01607, 2021 y). Natijada, o‘zgaruvchan va kuchsiz shamol oqimlarida energiya ishlab chiqarishni o‘rtacha  20% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
shamol tezligi past bo‘lgan hududlar uchun samarali  ishlash imkoniyatini beradigan stator va rotori qarama-qarshi tomonga aylanuvchi shamol elektr generatorining konstruksiyasi takomillashtirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 02/021-3461-son ma’lumotnomasi). Natijada, shamol tezligi 2,5-8,0 m/s bo‘lgan oraliqda elektr energiyasini ishlab chiqarish ishonchliligi va uzluksizligi ta’minlanishiga erishilgan;
stator va rotori qarama-qarshi tomonga aylanuvchi, aksial ko‘p qutbli generatorli kuchsiz shamol oqimlarida ishonchli ishlaydigan vertikal o‘qli shamol energetik qurilmasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Buxoro zarhal teks” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 02/021-3461-son ma’lumotnomasi). Natijada, 4 kVt quvvatli shamol energetik qurilmasida yiliga 7600 kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga hamda markazlashgan elektr ta’minoti tizimiga nisbatan yillik 85 mln.so‘m mablag‘ni tejash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish