Sayfullaev Durbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar1.
Ilmiy rahbar:Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, Tarix instituti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor; Qirg‘izboev Abdug‘appor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy vaamaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanish evolyusiyasi va rivojlanish tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davrida O‘zbekiston diplomatiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, uning prinsiplari, nazariy-konseptual, ilmiy asoslari va strategik ustuvor yo‘nalishlari tarixiy rakursda tizimli tarzda ochib berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mamlakat tashqi siyosatini faol amalga oshirishda parlament diplomatiyasi, iqtisodiy diplomatiya, mintaqaviy diplomatiya kabi diplomatik vositalardan samarali foydalanilganligi aniqlangan;
mamlakatda diplomatik kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va rivojlanishi ta’lim tizimida o‘tkazilgan islohotlar bilan uzviy tarzda ko‘rib chiqilgan hamda bu borada mavjud muammolar ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda mintaqaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishdagi tashabbuslar, mintaqada yadrodan holi makonni shakllantirish bo‘yicha O‘zbekistonning diplomatik yondashuvlari tarixiy jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamkorlikning rivojlanishida O‘zbekistonning o‘ziga xos bo‘lgan insonparvarlik, tinchliksevarlik diplomatiyasining ahamiyati borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan «Munozara» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 26 yanvardagi 04-31/289-son dalolatnomasi); O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan olib borayotgan aniq va ochiq siyosatini, tashabbuslarini aholiga to‘g‘ri va xolis etkazishga xizmat qilgan.