Tolipov Jamshid Nurbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intellektual tarmoqlar usuli yordamida paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalari energiya ta’minotining samaradorligini oshirish», 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1826.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Ashirboy Yusubaliev, texnika fanlari doktori, professor; Baratov Rustam Jalilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonining energiya ta’minotining samaradorligini oshirish uchun intellektual tarmoqlar asosida boshqarish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani dastlabki qayta ishlash korxonasi elektr ta’minoti mul`ti agent tizimining tasodifiy qo‘zg‘alishlari parametrlari asoslangan;
paxtani dastlabki qayta ishlash korxonasi elektr ta’minoti tizimining energiya samarador sxemasi tarmoq o‘zaro joylashishining moslashishini inobatga olgan holda asoslangan va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr ta’minot tizimini boshqarishning ko‘p darajali tuzilishi elektr uskunalarining yuklanganligi va elektr oqimi yo‘nalishining o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
paxtani dastlabki qayta ishlash korxonasining elektr energiya iste’moliga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘zaro bog‘langan neyron tarmoqlar asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxtani qayta ishlash korxonalari energiya ta’minotining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
intellektual tarmoqlar nazariyasi asosidagi paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonlarining energetik ta’minot samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlar natijalari «ABC OQQO’RG’ON AGRO CLASSTER» MChJga qarashli «OQQO’RG’ON PAXTA SANOAT» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 05 iyundagi 11/04-27-5986- sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonlaridagi elektr energiyasi isrofini 7-10 % ga kamaytarish imkoni yaratilgan.
neyron tarmoqlar nazariyasi asosida paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonining matematik modeli va boshqarish algoritmi «ABC OQQO’RG’ON AGRO CLASSTER» MChJga qarashli «OQQO’RG’ON PAXTA SANOAT» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 05 iyundagi 11/04-27-5986- sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi ta’minoti tizimining ishonchliligini 1,2 barobarga oshirish imkonini bergan.
paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonining energiya tejamkor ish rejimi «ABC OQQO’RG’ON AGRO CLASSTER» MChJga qarashli «OQQO’RG’ON PAXTA SANOAT» MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 05 iyundagi 11/04-27-5986- sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 55 670 000 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish