Baxriddinov Fayoziddin Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shvis zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini turli seleksiyadagi nasldor buqalardan foydalanib takomillashtirish”, 06.02.01 – Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx683.
Ilmiy rahbar: Ashirov Murodulla Ishanqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Kuchchiev Oxunjon Razzoqovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon genofondiga xos turli seleksiyadagi nasldor buqalardan foydalangan holda shvis zotli sigirlarning sut mahsuldorligi, ekster`er tuzilishi jihatdan farqlanishi va pushtdorlik darajasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamiz sharoitida shvis zotli turli seleksiyaga mansub nasldor buqalardan etishtirilgan sigirlarning ekster`er (gavdaning qiya uzunligi, ko‘krak aylanasi, eni va chuqurligi, yag‘rin va sag‘rin balandligi, pocha aylanasi, orqa do‘ng suyak eni) ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan hamda sut tipiga xosligi, oziqaning sut bilan qoplash xususiyatlari (bir kg oziqaga olingan sut miqdori) o‘zgaruvchan iqlimga va mahalliy sharoitga moslashuvchanligi aniqlangan;
shvis zotli sigirlar elinining kosasimon va dumaloq shakliga nisbatan tossimon shakldagi elinning hajmi uzun va kengligi, sut bezlarining fiziologik jihatdan yaxshi rivojlanganligi sababli laktatsiyadagi sut mahsuldorligi tengdoshlariga nisbatan o‘rtacha 474 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
turli seleksiyadagi shvis zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirishda sigirlarning sut mahsuldorligi ishlab chiqarish tipiga bog‘liqligi ya’ni sut tipiga mansub sigirlarda sut miqdori 4227,4 kg ni tashkil etib, sut-go‘sht tipiga nisbatan 424,8 kg, go‘sht-sut tipiga nisbatan 926,2 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
shvis zotli sigirlarning AQSh seleksiyasiga mansub bo‘lgan nasldor buqalarning qizlari III va undan yuqori laktatsiyada Avstriya va mahalliy seleksiyasiga nisbatan genetik salohiyati yuqori bo‘lganligi sababli sut mahsuldorligi 334,3 kg ga yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shvis zotli turli seleksiyadagi sigirlarning ekster`eri, sut mahsuldorligi va pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
Shvis zotli turli seleksiyadagi nasldor buqalar qizlarining III va undan yuqori laktatsiyadagi sigirlarning sut mahsuldorligi bo‘yicha natijalari Andijon viloyatining Asaka tumanidagi T.Shokirov nomli naslchilik fermer xo‘jaligi podasida amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 dekabrdagi 02/23-444-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida III va undan yuqori laktatsiyaga ega shvis zotli turli seleksiyadagi sigirlarda sut mahsuldorligi 4177,3-4690,4 kg ga, har bir bosh sigirdan 5 mln. 821 ming so‘mdan 7 mln. 142 ming so‘mgacha sof foyda olingan;
Shvis zotli sigirlarning sermahsul seleksiya podasi Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Davron ota» naslchilik fermer xo‘jaligida, shvis zotli Avstriya seleksiyadagi Roksi laqabli nasldor buqa qizlarining turli laktatsiyalardagi sermahsul sut yo‘nalishidagi sigirlar podasi amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 dekabrdagi 02/23-444-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida shvis zotli har bir bosh sigirdan 4 mln. 937 ming so‘mdan 6 mln. 142 ming so‘mgacha sof foyda olingan;
Shvis zotli AQSh va Avstriya seleksiyadagi nasldor buqalardan sermahsul sut yo‘nalishidagi sigirlar podasi Shahrixon tumanidagi «Azizbek» naslchilik fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 dekabrdagi 02/23-444-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida ishlab chiqarishda har bir bosh sigirdan 4 mln. 134 ming so‘mdan 5 mln. 791 ming so‘mgacha sof foyda olingan.