Pashaxodjaeva Dildora Djabborxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Foyda solig‘i hisobi va auditini takomillashtirish»08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt42.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Ilmiy rahbari: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika  instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratov Radjapboy Davletbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmatov Orifjon Tolibjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi foyda solig‘i hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob siyosatiga 9811-«Foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar», 3212- «Kechiktirilgan soliq aktivlari», 6251-«Kechiktirilgan soliq majburiyatlari» ishchi schyotlarni kiritish asosida foyda solig‘ining analitik (tahliliy) hisobi takomillashtirilgan; 
solik solinadigan ba’zani belgilash va foyda solig‘ini xisob-kitob qilish tartibi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari, investisiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar, investisiyaviy chegirmalarni kiritish orqali aniqlashtirilgan;
foyda solig‘i xisobotining tarkibiy tuzilishi va axborot imkoniyati alohida hamda konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat, daromadlar, foyda, zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
soliq imtiyozlari hisobiga korxona ixtiyorida qoldiriladigan foyda solig‘i summasidan maqsadli foydalanishda yo‘l qo‘yilgan tafovutlar bo‘yicha asos keltirmagan yoki asosnomalar etarli emas deb topilganda yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish hamda majburiy soliq auditidan o‘tkazish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Foyda solig‘i hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hisob siyosatiga 9811-«Foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladigan xarajatlar», 3212- «Kechiktirilgan soliq aktivlari», 6251-«Kechiktirilgan soliq majburiyatlari» ishchi schyotlarni kiritish asosida foyda solig‘ining analitik (tahliliy) hisobi takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Samarqanddonmahsulotlari”  aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 1dekabrdagi  514/3-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada foyda solig‘i hisobini aniq yuritilishiga erishilgan va soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot berish imkoniyatlari kengaytirilgan;
solik solinadigan bazani belgilash va foyda solig‘ini xisob-kitob qilish tartibi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari, investisiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar, investisiyaviy chegirmalarni  kiritish orqali aniqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 28 yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (Adliya Vazirligi tomonidan 2020 yil 24 fevralda 3221-son bilan ro‘yxatga olingan) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 18/2-38811-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi foyda solig‘i hisob-kitobini  moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish  bo‘yicha respublikamizda belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
foyda solig‘i xisobotining tarkibiy tuzilishi va axborot imkoniyati alohida hamda konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat, daromadlar, foyda, zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish asosida takomillashtirish buyicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 2020-38-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 18/2-38811-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq hisobotlari ma’lumotlarining ishonchliligi, to‘liqligi va ob’ektivligini oshirishga erishilgan;
soliq imtiyozlari hisobiga korxona ixtiyorida qoldiriladigan foyda solig‘i summasidan maqsadli foydalanishda yo‘l qo‘yilgan tafovutlar bo‘yicha asos keltirmagan yoki asosnomalar etarli emas deb topilganda yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq xavfi) toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish hamda majburiy soliq auditidan o‘tkazish bo‘yicha  taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 2020-17-son “Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 dekabrdagi 18/2-38811-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi soliq imtiyozlari hisobiga korxona ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish