Bayrieva Almagul Qurbanovnaning 
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda vakillik hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining samarali hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish”, 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ss44.  
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raev Yuldosh Ochilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda demokratik rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda vakillik hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining samarali hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vakillik hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi dinamik (o‘zgaruvchan) holatda bo‘lib, yo‘nalishlari, sohalari davr talabiga, jamiyatning barqaror taraqqiyot strategiyasiga va davlatning milliy manfaatlariga bevosita bog‘liq ekanligi asoslangan;
vakillik hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi nafaqat ichki siyosiy jarayonlarda, balki ushbu sub’ektlarning davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy integratsiyasi uchun amaliy ta’siri jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda o‘ta muhim omil ekanligi ochib berilgan;
fuqarolik jamiyati institutlarining bir tomonidan erkin faoliyatini saqlab qolgan holda, ikkinchi tomonidan ma’lum bir davrda (o‘tish davriga xos) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (maqomini oshirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ijro hokimiyati organlari bilan samarali munosabatlarini qonuniy belgilab qo‘yish va h.k.) choralarini ko‘rish jamiyatning barqaror taraqqiyotini jadallashtirishda muhim o‘rin tutishi asoslangan;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning vakillik organlari tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi va amaliyotga tadbiq etish uchun faol ta’sir o‘tkazuvchi omilga aylantirishning zarurati asoslanib, joriy etish mexanizmlari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
vakillik organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikning kafolatli ta’minlovchi manba bo‘lishi bilan bir qatorda, qarorlar qabul qilish jarayonida ijtimoiy xatolarning oldini olishning muhim omili bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida vakillik organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan munosabatlar evolyusiyasining siyosiy xarakteri, zamonaviy talablari va ijtimoiy xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda vakillik hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlarining samarali hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qonunchilik, qarorlar ishlab chiqishda va o‘zgatirishlar kiritish masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar jarayoni, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat ahamiyatiga molik qarorlarni qabul qilish jarayonidagi ishtiroki natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni doimiy xabardor qilib borish yuzasidan dissertatsiya ishida keltirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining me’yoriy-huquqiy hujjatlarining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi 2020 yil 20 sentyabrdagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar qonun hujjatlari mukammallashishiga muayyan darajada xizmat qilgan; 
hamkorlikning shaffofligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan jamoatchilik nazoratining Internetda hamkorlik- kollaboratsiya (vaziyatdan kelib chiqib, o‘zaro hamkorlikdagi harakatlar) shaklida ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi ko‘rashish borasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 22-son dalolatnomasi). Mazkur ilmiy-nazariy xulosa bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hududiy vakillik hokimiyatini rivojlantirishga katta xissa qo‘shgan;
hokimlarning ijro mas’uliyatini oshirish maqsadida «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni 221-moddasi uchinchi xatboshida “xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatlari” degan jumlalar o‘rniga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi” deb o‘zgartirish kiritishga oid xulosalardan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va amaliyotga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 2020 yil 18 avgustdagi 25-11/2020-son ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy hulosalar asosida «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni 221-moddasi uchinchi xatboshiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Natijada tuman va shahar hokimi hisobotini eshitishga xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatlari o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari taklif qilinishi yo‘lga qo‘yilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hududda olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinishi kutilayotgan qarorlar va boshqa yangiliklar bo‘yicha fuqarolar uchun qo‘llanmalar, broshyuralar tayyorlash yoki boshqa oflayn va onlayn vositalari orqali tarqatish, davlat xizmatchilari uchun treninglar va fuqarolik jamiyati institutlari a’zolari uchun yo‘l xaritalari, tadbir dasturlari ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2020 yil 15 ilyudagi 01-01-01/162-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy vakillik organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlardan aholini tezkor xabardor qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari normativ-huquqiy hujjatlarining ma’lumotlar bazalari zarur axborot bilan doimiy to‘ldirilib borilishi va unga fuqarolar erkin kira olish imkoniyatini yaratishga oid takliflar O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan qabul qilinib, tegishli sohalar normativ-huquqiy hujjatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishda va fuqarolarni zaruriy axborotlar bilan ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi 2020 yil 18 avgustdagi 01-31/122-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklif fuqarolik jamiyati institutlari bilan mahalliy davlat vakillik organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik munosabatlarining samaradorligini oshirishda hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish