Xujanova Latofat Absalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziqlanish tiplarining sigirlar hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining ayrim xususiyatlariga ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V404.
Ilmiy rahbarlar: Rajamuradov Zaynitdin, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.02.08.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Shaniyaz, biologiya fanlari doktori, professor; Aliev Dilmurod Davronovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizga import qilingan Golshtin zotli sigirlar organizmidagi moddalar almashinuvi, qoni va sutining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlariga senaj tipidagi ratsionlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati sharoitida xorij seleksiyasiga mansub yuqori mahsuldor sigirlarni oziqlantirishda yangi tipdagi ratsionlardan foydalanishning umumbiologik jihatlari ochib berilgan;
sigirlar tomonidan ozuqalarning iste’mol qilinishi, hazmlanishi va o‘zlashtirilishining, olinadigan mahsulot miqdoriga hamda sifatiga ta’sirini inter`er ko‘rsatkichlar yordamida nazorat qilish asoslangan;
laktatsiya davrida silos o‘rniga senaj tipidagi ratsionlardan foydalanish sigirlar organizmida kechayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar mutadillashuvini ta’minlashi aniqlangan
laktatsiya davrida senaj tipidagi ratsionlardan foydalanish sigirlar mahsuldorligini saqlab qolish, mahsulot birligiga sarflanadigan to‘yimli moddalar ulushini kamaytirish va xo‘jalikning rentabellik darajasini oshirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli oziqlanish tiplari ratsionlari bilan oziqlantirishning hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori mahsuldor sigirlarni biologik jihatdan to‘la qiymatli senaj oziqlanish tipi ratsionlari bilan oziqlantirish hisobiga hayvonlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolish, mahsulot birligiga sarflanadigan quruq modda ulushini kamaytirish va xo‘jalikning rentabillik darajasini oshirish ko‘rsatgichlari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Toyloq tumanlarida chorvachilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2020 yil 30 iyundagi 02/23-218-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati sharoitiga import qilingan yuqori mahsuldor sigirlarni me’yor asosida senaj tipi ratsionlari bilan oziqlantirish hisobiga ularning mahsuldorlik ko‘rsatgichlarini saqlab qolish imkonini bergan;
sigirlarning tabiiy chidamliligini oshirishda silosli ratsion o‘rniga senajli ratsionlardan foydalanish №BV-A-SX-2018-17 «Sigirlarning akusher-ginekologik kasalliklarini davolash, servis davrini qisqartirish, sun’iy qochirishning yangi usullari va vositalarini yaratish» loyihasida sigirlarni laktatsiya davrida immun ko‘rsatgichlarini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2879-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori mahsuldor sigirlardan olinadigan sut mahsuldorligini ko‘payishini, sifati esa me’yor darajasida saqlab qolishdan tashqari, organizmining tabiiy chidamliligi ko‘rsatkichlarini ortishini ta’minlash imkonini bergan.