G‘ulomova Iroda Botirjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Limon kislotasi asosidagi akril polimerlar sintezi va ularning xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K54.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Muzaffar Abdug‘apporovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: limon kislotasi asosida karboksil guruh tutgan yangi monomerlar va polimerlar sintezi, hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi monomerlar -akrilamido-N-metilen limon va akrilamido-N-limon kislotalari sintez qilingan va ularning tuzilishi aniqlangan;
sintez qilingan monomerlarning suvli eritmalarda radikal polimerlanishning asosiy tenglamalari keltirib chiqarilgan, polimerlar hosil bo‘lish tezligiga eritma rN-qiymati va ion kuchi ta’sir etishi isbotlangan;
ilk bor polimerni viskozimetriya va sedimentatsiya usullari bilan molekulyar massalarini hisoblab topish uchun «K», «α» va «S0» qiymatlari aniqlangan;
sintez qilingan gidrogellarning suvli eritmalarda rN- hamda haroratsezgir xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Limon kislotasi asosidagi karboksil guruh tutgan yangi funksional polimerlar va polimer gidrogellar olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
poliakrilamido-N-metilen limon kislotasining sintezi uchun tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 303377596-001:2020). Natijada, korxonalarda polimerni olish, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha standart sharoitlar yaratish imkonini bergan;
poliakrilamido-N-metilen limon kislotasi asosida olingan polimer gidrogellar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ korxonasining 2020 yil 12-dekabrdagi AS-08964-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik oqava suvlardan mis (II) ionlarini ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish