Abdullaeva Maftuna Murot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy sudlov institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu181.
Ilmiy rahbar: Tul`teev Ilyas Tavasovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02. 
Rasmiy opponentlar: Xusanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirakulov Mirafzal Mirodilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy sudlov institutini tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega sub’ektlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisini kiritish zarurligi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisining ishtirokchilari qatoriga kiritish zaruriyati va uning ko‘rilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishi mumkinligi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari qatoriga Oliy sud raisining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqishini kiritish zaruriyati asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Konstitutsiyaviy sudlov institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari tadqiqoti xulosalaridan olingan quyidagi natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega sub’ektlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisini kiritish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-612-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 25-moddasi birinchi qismiga qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 10 dekabrdagi 05/1-01-259a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega sub’ektlar doirasini kengaytirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishdagi huquqlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisining ishtirokchilari qatoriga kiritish zaruriyati va uning ko‘rilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-612-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 27-moddasiga qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 10 dekabrdagi 05/1-01-259a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Konstitutsiyaviy sud majlisining ishtirokchilari doirasini kengaytirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishdagi huquqlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari qatoriga Oliy sud raisining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqishni kiritishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-536-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi ikkinchi qismiga qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 10 dekabrdagi 05/1-01-259a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlarining kengayishiga hamda Konstitutsiyaviy sud tomonidan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritishi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-536-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasining o‘n birinchi xatboshisiga qo‘shimchalar ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 10 dekabrdagi 05/1-01-259a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi qonun hujjatlarini qo‘llash chegaralarini aniqlash va ularni sharhlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Konstitutsiyaviy sudga taqdimnoma kiritish vakolatini joriy etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish