Xamidov Odil Abdurasulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1502.
Ilmiy maslahatchi: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich,  pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobillik va ko‘rgazmalilik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan texnik ma’lumotlar tizimini aks ettiruvchi mul`timediali o‘qitish vositalarining onlayn vizual imkoniyatlaridan talabalar kasbiy tayyorgarlik faoliyatida foydalanish orqali umumkasbiy fanlar mazmunining tashkiliy-didaktik funksiyalari kengaytirilgan;
texnika va mehnat xavfsizligi bo‘yicha umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonini emerjentlik, relevantlik va pertinentlikka ustuvorlik berish asosida animatsion loyihalash va amalga oshirish orqali talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
kasbiy faoliyat turlari va ishlab chiqarish korxonalari texnik shart-sharoitlarini qamrab olgan uch o‘lchovli mediakontentlar bilan “discussion training” va “my security” rolli o‘yini kabi interfaol ta’lim metodlarini integratsiyalash asosida umumkasbiy fanlardan o‘quv materiallarini ishlab chiqish orqali amaliy o‘qitishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
muhandislik faoliyatini virtual ta’lim muhitida tashkil etish va o‘tkazishga qaratilgan o‘qitish vositalarini diagnostik, axborotli va muammoli yondashuvlar asosida ishlab chiqish orqali talabalarning amaliy-texnik ko‘nikmalarini majmuaviy baholashning kognitiv, faoliyatli va kompetentlilik kabi mezonlari mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo‘llaniladigan relevant axborotlar tizimi teng huquqlilik va o‘zaro integrativlikni aks ettiruvchi didaktik vosita sifatida mul`timediali ta’lim vositalarining didaktik-funksional imkoniyatlari bo‘yicha takliflar asosida “Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi” umumkasbiy fani bo‘yicha mul`timediali o‘qitish vositalari bazasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 89-03-4948-son ma’lumotnomasi). Mazkur mul`timediali o‘qitish vositalari bazasi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda umumkasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni emerjentlik, natijadorlik va pertinentlik tamoyillari asosida loyihalash orqali mul`timediali zamonaviy o‘qitish vositalarning pedagogik loyihalash mazmunini takomillashtirishga oid takliflardan “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” loyihasining texnika yo‘nalishidagi oliy ta’limda virtual muhitini shakllantirish komponentini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 89-03-4948-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim muhiti umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayoni o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish orqali talabalarni samarali kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan; 
muhandislik ta’limini samarali tashkil etishda “my security” rolli o‘yini va “discussion training” kabi interfaol metodlar bilan zamonaviy o‘qitish vositalari mazmunini tizimlashtirish orqali “Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi” umumkasbiy fanini o‘qitish jarayonida talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi shakllanganligini baholashga imkon beruvchi turli xil murakkablik darajasidagi test topshiriqlar majmuasi ishlab chiqilgan va amalga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 89-03-4948-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarlik darajalarini rivojlantirish va ob’ektiv baholashga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish