Haqberdiev Elshod Olmosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polietilen bilan polivinilxlorid asosida nanotuzilmali polimer aralashmalarning shakllanish xususiyatlari, xossalari va tuzilishi», 01.04.06 – Polimerlar fizikasi, 02.00.12–Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM472.
Ilmiy rahbar: Ashurov Nigmat Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolmuminov Abdulfatto Axatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Riskulov Alimjon Ahmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: PVX va PE asosida nanotuzilmali polimer aralashmalar shakllantirish va aralashma komponentalarining strukturasi bilan elastik – mustahkamlik xususiyatlari orasidagi korrelyasion bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikki turdagi kompotibilizator ishtirokida nanometr o‘lchamdagi dispers fazaga ega PVX/PE aralashmalardagi nanotuzilmali morfologiyani shakllantirishning prinsipial imkoniyati aniqlangan;
polimer aralashmalarning termik parchalanish xususiyatlari bu jarayonning ko‘p bosqichli tabiati PVXda degidroxlorlanish, polietilenning degidrirlanishi, payvand sopolimer shakllantirish bilan aralashma komponentlari makroradikallarining rekombinatsiyalash ketma-ketligiga bog‘liqligi va PEning 20 mass.%. gacha bo‘lgan miqdori XPE shaklidagi kompatibilizator ishtirokida PVXda issiqlik barqarorligini oshirishi aniqlangan;
ilk bor PVX/PE aralashmalarda kompatibilizatorlar ishtiroki tufayli fazalararo adgeziyaning kuchayishi, orientatsion tartiblanish zonasining kengayishi natijasida elastik mustahkamlik egri chiziqlarning transformatsiyalanishi va fazaning ajralish chegarasidagi optimal lokalizatsiya sababli PVX/PE payvandli sopolimerining samaradorligi aniqlangan;
kam miqdordagi PE fazaga ega polimer aralashmalar uchun elastiklik modulining (E) ekstremal bog‘liqligi va fazalararo adgeziyaning kuchayishi sababli kompatibilizatsiyalangan aralashmalar uchun E ning qiymatlari additiv egri chizig‘idan yuqorida joylashishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polietilen bilan polivinilxlorid asosida nanotuzilmali polimer aralashmalarning shakllanish xususiyatlari, xossalari va tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki xil PVX-plastikati qiyin yonuvchi reseptlari asosida «UZKABEL» AJ QKda 1 tonna miqdorda qiyin yonuvchi PVX plastikatining sinov partiyasi ishlab chiqarildi va ushbu qiyin yonishga ega PVX plastikatini kelgusida keng ko‘lamda ishlab chiqarilishini «UZKABEL» AJ QKi o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilagan («UZKABEL» AJ QKining 2021 yil 15 fevraldagi 2/15-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolar asosida yangi qiyin yonuvchi kabel qoplamalari ishlab chiqarish imkonini bergan;
polivinilxlorid plastikati elastikligi va qattiqligini o‘zgartirish usulidan PZ-20170925290+PZ-2017092965+PZ-20170927395 raqamli «Mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish va ularni sanoat chiqindirlaridan rangli va kamyob metallarni sorbsiyalashda qo‘llash» mavzusidagi amaliy loyihasida PVXning termobarqarorligini va plastifikatsiyalanish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-577-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori selektivlikka ega bo‘lgan tikilgan gelsimon ionitlar olish jarayonini mukammallashtirish imkonini bergan.