Ashirbaev Ermat Azimovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash”,08.00.06 –Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam:  B2020.4.PhD/Iqt1544.
Ilmiy rahbar:Rasulev Dilmurod Mirzaxmedovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nuriddinov  Zufar Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholashni takomillash-tirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni faoliyatini rivojlantirishning sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi «tadbirkorlik sub’ektlarining faolligi», «yangi tadbirkorlik sub’ektlarining o‘sishi», «kichik biznesda yangi ish o‘rinlarini yaratish» indikatorlari ishlab chiqilgan;
hududlarning kichik biznes sohasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini baholashda haqqoniylikni ta’minlovchi «agregatlashgan iqtisodiy indikatorlar» va «biznes faoliyatini tasniflash» statistik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
kichik korxona va mikrofirmalarning rivojlanish samaradorligini tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, innovatsion kabi omillarni e’tiborga olgan holda statistik baholashning integrallashgan koeffisienti ishlab chiqilgan 
ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mamlakatimizda kichik biznes sohasi faoliyatini statistik usullardagi tahlili va samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi «tadbirkorlik sub’ektlarining faolligi», «yangi tadbirkorlik sub’ektlarining o‘sishi», «kichik biznesda yangi ish o‘rinlarini yaratish» indikatorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi PQ–4702-son «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-6/223-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, ishbilarmonlik va tadbirkorlikka oid statistik axborotlarni (davriy qatorlarning majmuaviyligi, axborotlar sifati va to‘liqlilik qamrovi) qo‘shish asosida kichik biznes sohasining iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi» loyihasini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatini 2021 yil 27 martdagi 21-12-01-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda kichik tadbirkorlik muhitining shakllanishi, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik darajasiga ta’sirini baholash imkonini  oshirgan;
investision jozibadorlik, investision salohiyat hamda real investisiyalar hajmini integral ko‘rsatkichlari asosida kichik biznes sohasining moliyaviy samaradorligini baholash uslubi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning 79-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 9 dekabrdagi 4/05-16-10260-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ifodalovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimini davriyligini ta’minlashda, vaqtli qatorlardan samarali foydalanish, ko‘rsatkichlarni tizimli  baholash imkoniyatlarini 10-15 foizga oshirishga xizmat qilgan;
kichik biznes sohasi faoliyatini tavsiflovchi omillar (ishlab chiqarish, texnologik, mehnat, moliyaviy, tashqi va innovatsion) va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar hisobiga innovatsion-iqtisodiy samaradorlikni baholash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning 229-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining  2021 yil 27 martdagi 21-12-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangiliklar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ifodalovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar samaradorligini kompleks baholash imkoniyatlari 10-12 foizga oshirishga erishilgan;
kichik biznes sohasining strategik yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda istiqbolli rivojlantirishning o‘rta muddatga mo‘ljallangan statistik prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning 91-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 29 martdagi 03/14-01-6/223-son ma’lumotnomasi). Bu esa hududlardagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkoniyatlarini kengaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish