Sayt test rejimida ishlamoqda

Boymuratov Faxriddin Tog‘aymuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarning elektr xususiyatlari», 01.04.06 – Polimerlar fizikasi, 02.00.12 – Nanokimyo, nanofizika, nanotexnologiya (fizika - matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM170.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Umarbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Xolmuminov Abdulfattox Axatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarning oquvchanlik chegarasi sohasida elektrofizik xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rnatish va ularda zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmini tushuntirish hamda amalda foydalanish mumkin bo‘lgan sohalarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida nikel` nano- va mikrozarrachalari bo‘lgan yuqori haroratga chidamli kompozision polimerlarni olish usullari aniqlangan; 
ilk bor tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarning ma’lum kritik konsentratsiya sohasida elektr o‘tkazuvchanlik, dielektrik singdiruvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va termo elektr yurituvchi kuchlarning o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan; 
ilk bor tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarning elektr o‘tkazuvchanlik va dielektrik singdiruvchanligida kritik konsentratsiya chegarasining ikki turi birinchisi (Vc) oquvchanlik chegarasida, ikkinchisi (Vcd) oquvchanlik chegarasida, o‘tkazuvchanlikning tunnel-bog‘langan birinchi cheksiz klaster  Vcd<Vc, sohasida aniqlangan va asoslangan;
tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarda zaryad tashuvchilarning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmi tushuntirilgan;
tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarda cheksiz klaster topologiyasi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Tarkibida nikel` nano zarrachalari bo‘lgan kompozision polimer materiallarning elektr xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida nikel` nano- va mikrozarrachalari bo‘lgan yuqori haroratga chidamli kompozision polimerlarni olish usullaridan  KA-12-004 raqamli “Elektrotexnika sanoati uchun polimer metall bilan to‘ldirilgan kompozit materiallarni ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy loyihada tarkibida metallzarrachalari tutgan kompozision polimer materiallarda boradigan jarayonlarni tushuntirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 04 dekabrdagi  89-03-5080-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrotexnika sanoati uchun yaratilgan polimer metall kompozit materiallarni xossalarini yaxshilash imkonini bergan;  
nanokompozision materiallarning tuzilishi va zaryad tashuvchilarning o‘tkazuvchanlik mexanizmlarini tushuntirish bo‘yicha olingan ma’lumotlardan yuqori inpakt-faktorli (IF) xorijiy jurnallarda turli xossali yangi materiallarni yaratish va fizik-kimyoviy tahlili uchun foydalanilgan (ixtiboslik quyidagi xorijiy ilmiy maqolalarda Journal of Nanophotonics, 2012, V.6(1), Springer, IF=1,889; Russian Journal of General Chemistry, 2020, T. 90, RG, IF=0,76; Nanotechnologies in Russia, 2015, v.10, Springer, IF=0,76). Tarkibida nano o‘lchamli zarrachalari bo‘lgan kompozit materiallarni va ulardagi zaryad tashuvchilarning o‘tkazuvchanlik mexanizimi tushuntirilgan. Natijada, metall tarkibli nanokompozit materiallar olish imkonini bergan;
tarkibida nikel` nanozarrachalari bo‘lgan polietilen asosli kompozision material bo‘lgan past (~ 600S) haroratlarda issiqlikdan xabar beruvchi  datchiklar signallarini qabul qiluvchi stansiyalar yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi  89-03-4892-son ma’lumotnomasi). Natijada, laboratoriya jarayonida harorat datchiklarini va signallarni qabul qiluvchi stansiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish