Isarov Omon Risalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy laraja beriladigan fan tarmog‘i): «Taksis kategoriyasi funksional-semantik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil257. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mahfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov G‘anijon Mirzaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida taksis kategoriyasini mustaqil kategoriya sifatida ajratish asosida uni voqelantiruvchi turli til sath taksemalarini funksional-semantik va translotologik xususiyatlariga asoslangan tavsif va tasnifini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida ravishdosh, sifatdosh, gerundiy, infinitiv, harakat nomi kabi fe’l shakllarining funksional-semantik taksis kategoriyasini voqelantiruvchi universal funksional taksemalar vazifasini bajarishi dalillangan;
taksisning bir-paytlilik va turli-paytlilik semantik munosabat turlaridan tashqari, «taksis ichida taksis» konsepsiyasiga ko‘ra, har ikkala munosabat turlarini o‘zida jamlovchi taksisning yangi «qo‘shma / qo‘sh munosabat» turi ilk bor aniqlangan;
o‘zbek tilida mustaqil funksional-semantik taksis kategoriyasining simul`tan, prior va posterior munosabat turlari mavjudligi aniqlangan;
ingliz tilida fe’lning ravishdosh shakli mavjud emasligi sababli uning taksisni ifodalovchi vazifalarini sifatdosh bajarishi dalillangan;
o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan fe’lning funksional shakllari –  ravishdosh ham, sifatdosh ham taksis semantikasini ifodalashi sababli ular taksis konverblari vazifasida ishtirok etishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari tizimidagi taksemalapning taksis semantikasini voqelantipishi, translotologik mutanosibligi va nomutanosibligi kabi funksional-cemantik xususiyatlapi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Taksis kategopiyaci funksional-cemantik xucuciyatlapining ingliz va o‘zbek tillarida tadqiqi bo‘yicha olingan natijalap acocida:
ingliz va o‘zbek tillarida funksional-semantik taksis kategoriyasini voqelantiruvchi universal funksional taksemalar ochib berilishi bilan bog‘liq ilmiy-nazapiy xulocalapdan «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzucidagi I-204-4-5-raqamli innovatsion fundamental tadqiqot loyihacida nazariy manbalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2021 yil 03 fevraldagi 89-03-614-con ma’lumotnomaci). Natijada, ingliz tili nazariy gpammatikaciga doip viptual pecupclap yapatishga oid metodik tavciyalap shakllantipilgan; 
yangi taksis konsepsiyasining asoslanishiga oid xulocalapdan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilgan filologiya sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion grantlar doirasida elektron va virtual manbalar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazipligining 2019 yil 31yanvardagi 06-15-591-con ma’lumotnomaci). Natijada, turli tizimli tillarda taksis kategoriyasi voqelanishining o‘ziga xos xususiyatlari va uning kategorial maqomi masalalapiga doip xulocalap ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilida mustaqil funksional-semantik taksis kategoriyasining simul`tan, prior va posterior munosabat turlari mavjudligi aniqlanishiga doir amaliy va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash va ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir va festivallarda, shuningdek, uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashda hamda jamiyatda sog‘lom ona va bolani shakllantirishning ilmiy-uslubiy mexanizmlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazipligining 2019 yil 19 fevraldagi 01-12-14-799-con dalolatnomaci). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning chet tili bo‘yicha nutq madaniyatini faollashtirishning uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida taksis kategoriyasini voqelantiruvchi taksemalarning funksional-semantik va translotologik tahliliga doir natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur va o‘quv rejalar asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) bakalavriat yo‘nalishidagi talabalarga o‘qitilayotgan «Ingliz va o‘zbek tillarining qiyosiy tipologiyasi», «Ingliz tili nazariy grammatikasi», «Ingliz tili leksikologiyasi» kabi nazariy, «O‘qish va yozish amaliyoti», «Til aspektlari amaliyoti», «Til ko‘nikmalari integratsiyasi» kabi amaliy, shuningdek, 5A120102 – Lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishidagi talabalarga o‘qitilayotgan «Chog‘ishtirma lingvistika» va «Lingvistik va metodik tadqiqot asoslari» kabi fanlar tarkibiy qismlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2021 yil 03 fevraldagi 89-03-614-con ma’lumotnomaci). Natijalarning samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi talabalar tomonidan «Ingliz va o‘zbek tillarining qiyosiy tipologiyasi», «Ingliz tili nazariy grammatikasi» va «Chog‘ishtirma lingvistika» kabi fanlarning samarali o‘zlashtirilishiga xizmat qilgan;
o‘zbek tilida alohida mustaqil taksis funksional-semantik kategoriyasining ajratilishi hamda uni voqelantiruvchi fe’l funksional shakllari tahlili; ingliz va o‘zbek tillarida sifatdosh hamda ravishdosh tizimlarining taksis konverbi sifatida asoslanishiga doir ilmiy natija, taklif, tavsiya va xulosalardan ta’lim dastur va ixtisosliklari doirasida Jizzax davlat pedagogika instituti bakalavriatura va magistratura talabalarini o‘qitish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘pta maxcuc ta’lim vazipligining 2021 yil 03 fevraldagi 89-03-614-con ma’lumotnomaci). Natijada, o‘quv jarayonida taksis kategoriyasini alohida mustaqil kategoriya sifatida o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillari tizimida taksis semantikasini voqelantipuvchi taksemalapning funksional-cemantik va translotologik xususiyatlapi ochib berilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Mavzu» va «Taqdimot» ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 03 fevraldagi 01-13-165-son ma’lumotnomasi). Natijada, televosita orqali teletomoshabinlarning tilshunoslikning dolzarb muammolari haqidagi tushunchalarini shakllantirishga va bilimlarini boyitishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish