Karabaeva Gulnora Sharafitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Povishenie innovatsionnoy aktivnosti promishlennix predpriyatiy”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt460.
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdusattorxo‘ja, iktisodiyot fanlari doktori, professor; Irisbekova Mavlyuda Narinbaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sanoat korxonalarining innovatsion faolligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
V-1523, U-62, MX-1.8, JX CE-220 markali traktorlar uchun vallar va transmissiya shesternyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish “TQXTZ” aksionerlik jamiyatining iqtisodiy-moliyaviy va innovatsion faolligini oshirishning ichki imkoniyati ekanligi asoslangan;
“TQXTZ” aksionerlik jamiyati va sanoat korxonalarining innovatsion faolligini oshirishda TTZ LS 100HC, MX-1.8 traktorlar unifikatsiyalashgan kabinalarini «in country, for the world» modeli bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘zlashtirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“korxonaning innovatsion faolligi” tushunchasi raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va iqtisodiy oborotga qo‘shish (takomillashtirish) bilan bir qatorda faoliyat intensivligini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
ekonometrik modellashtirish asosida CE-220 paxta terish mashinasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va innovatsion «anticipatory, proactive, reactive» modellar transformatsiyasini tanlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
V-1523, U-62, MX-1.8, JX CE-220 markali traktorlar uchun vallar va transmissiya shesternyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish “TQXTZ” aksionerlik jamiyatining iqtisodiy-moliyaviy va innovatsion faolligini oshirishning ichki imkoniyati bo‘yicha takliflar “TQXTZ” aksionerlik jamiyatida innovatsiyalarni rivojlantirish rejasini tuzishda qo‘llanilgan (“TQXTZ” aksionerlik jamiyatining 2020 yil 16 yanvardagi 20-19-79-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalda qo‘llash korxonaning innovatsion faolligini oshirishga va yalpi mahsulot hajmining ko‘payishiga olib kelgan;
“TQXTZ” aksionerlik jamiyati va sanoat korxonalarining innovatsion faolligini oshirishda TTZ LS 100HC, MX-1.8 traktorlar unifikatsiyalashgan kabinalarini «in country, for the world» modeli bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar “TQXTZ” aksionerlik jamiyatining 2020 yil 3 sentyabrdagi 20-56-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (“TQXTZ” aksionerlik jamiyatining 2020 yil 10 sentyabrdagi 20-13-87-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi va integratsion jarayonlarni samarali tashkil qilish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va 24,6%ga moliyaviy resurslarni tejash imkonini bergan;
korxonaning innovatsion faolligining intensivligi hamda ekonometrik modellashtirish asosida tegishli paxta terish mashinasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va sohaga oid boshqa takliflar “TQXTZ” aksionerlik jamiyati va tegishli sanoat korxonalari amaliyotiga joriy qilingan (“TQXTZ” aksionerlik jamiyatining 2020 yil 10 sentyabrdagi 20-13-87-sonli ma’lumotnomasi; "LUCH" MChJning 2020 yil 16 yanvardagi 16/1-sonli ma’lumotnomasi; "SHABNAM SILVER" MChJning 2020 yil 27 yanvardagi 27/1-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy qilinishi sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, raqobatbardoshligi darajasini oshirishga hamda korxonada bir qator innovatsiyalar kiritilib, sotish hajmining o‘sishiga imkon bergan.