Qoraev Sherxon Po‘latxonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriylar davri adabiy majlislari (Alisher Navoiy qarashlari asosida)”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil527
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ergashev Qodirjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy asarlari ma’lumotlari asosida adabiy majlislarning o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini, she’riyat kechalarining turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temuriylar davri qadriyatlari asosida ilmiy-diniy, hadis va va’z yig‘inlari, mashoyixlar suhbatlari, she’riyat kechalari, musiqa, muammo echish va shatranj majlislari, samo’ va qissaxonlik yig‘inlari, ma’raka va rindlar bazmlari kabi turli majlislar klassifikatsiya qilingan hamda majlis ishtirokchilarining qay o‘rinda o‘tirishlari aniqlangan;
temuriylar muhiti adabiy yig‘inlari haqida ma’lumot beruvchi eng muhim manbalardan biri Alisher Navoiy asarlari ekani va bu majlislar Navoiy nigohi va asarlaridagi misollar orqali ta’riflangani alohida ahamiyatga ega ekani isbotlangan;
temuriylar davri adabiy majlislari Sharq adabiyotidagi adabiy majlis uyushtirish va unda she’rxonlik qilish an’anasining davomi ekani ko‘rsatib berilgan;
Alisher Navoiy davri adabiy majlislari tasvirini keltirish orqali ularning shoirlar uchun mahorat maktabi ekani, bunday yig‘inlardagi adabiy-estetik bahslar ishtirokchilar estetik olamining boyitishga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy asarlari ma’lumotlari asosida temuriylar davri adabiy majlislarini yoritish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
temuriylar davri qadriyatlari asosida ilmiy-diniy, hadis va va’z yig‘inlari, mashoyixlar suhbatlari, she’riyat kechalari, musiqa, muammo echish va shatranj majlislari, samo’ va qissaxonlik yig‘inlari, ma’raka va rindlar bazmlari kabi turli majlislar klassifikatsiya qilingan hamda majlis ishtirokchilarining qay o‘rinda o‘tirishlari aniqlanishiga doir ilmiy-nazariy natijalardan OT-F1-71 “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi № 89-03.5615-son ma’lumotnomasi). Natijada saroy shoirlari majlislari va Hirot adabiy muhitining mumtoz adabiyot ravnaqiga bevosita ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
temuriylar muhiti adabiy yig‘inlari haqida ma’lumot beruvchi eng muhim manbalardan biri Alisher Navoiy asarlari ekani va bu majlislar Navoiy nigohi va asarlaridagi misollar orqali ta’riflangani oid xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi № 89-03-5615-son ma’lumotnomasi). Natijada she’riyat kechalari g‘azal, masnaviy, muxammas kabi janrlar taraqqiyotiga ham xizmat qilganligini ilmiy asoslash imkonini bergan;
Alisher Navoiy davri adabiy majlislari tasvirini keltirish orqali ularning shoirlar uchun mahorat maktabi ekani, bunday yig‘inlardagi adabiy-estetik bahslar ishtirokchilar estetik olamining boyitishga xizmat qilganligiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Buyuk ajdodlarga ehtirom” va “Navoiyni eslab” mavzusidagi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 03 dekabrdagi 12-15/199-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy davri she’riyat kechalariga oid ma’lumotlar ko‘rsatuv va eshittirishlar mazmun-mohiyatini boyitish imkonini bergan.