Xudoyberdiev Dilshod Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda iste’molchilik xulqining shakllanishi: mazmuni va shakllari, sabablari va oqibatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal151.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Yazdanov Ulug‘bek Toshmurodovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlar ongida iste’molchilik xulqining shakllanishi va undagi o‘zgarishlarni aniqlash hamda muammo echimi yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston sharoitida inson iste’molchilik xulqining “tanlovga moyil” va “yangilikka moyil” iste’molchi modellari yangi insonni shakllantirish tamoyili asosida ochib berilgan;
yoshlarda iste’molchilik xulqining dinamik xususiyatlari ijtimoiy omillar ta’sirida “uzluksizlik tamoyili”ga amal qilishiga bo‘ysundirilganligi ijtimoiy me’yorlar talabi asosida isbotlangan;
jahon hamjamiyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarning yoshlar iste’molchilik xulqiga pozitiv va negativ ta’siri falsafaning umumiy aloqadorlik xususiyati asosida ochib berilgan;
shaxs iste’molchilik xulqi shakllanishi agrar, individualistik, ratsional, gedonistik, texnologik, axborot iste’moli kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik singari falsafiy kategoriyalar yordamida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Iste’molchilik xul-qining konseptual strukturasi va modellarini, bugungi kun yoshlari iste’-molchilik xulqiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, ijtimoiy jarayonlarning yosh-lar iste’molchilik xulqiga ta’siri xarakterini tadqiq etish asosida:
“iste’molchilik xulqi” tushunchasining mazmunini tashkil qilgan elementlar majmuini va iste’molchilik xulqining zamonaviy sotsiumdagi modellarini aniqlashga oid taklif va tavsiyalaridan 2007-2011-yillarda bajarilgan “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi OT-F8-022 raqamli fundamental tadqiqot loyihasi ekspozisiyasini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3779-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviy qiyofasining sabr-toqatlilik, nafsni jilovlash kabi o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalab berishga xizmat qilgan;
yoshlari iste’molchilik xulqining mazmuni va shakllari, o‘zgarish sabablarini tadqiq etishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019 yil sentyabr` oyida ta’lim muassasalari bitiruvchilari va bandligi ta’minlanmagan yoshlarni kasbga yo‘naltirish borasida o‘tkazilgan “Ta’lim va mutaxassislik” mavzusidagi tadbir ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining 2019 yil 4 oktyabrdagi 04-13/4563-son ma’lumotno-masi). Natijada, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining bosh maqsadini amalga oshirishda nazariy jihatdan ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistondagi ijtimoiy jarayonlarning yoshlar iste’molchilik xulqiga pozitiv va negativ ta’siriga oid ilmiy asoslangan xulosalari, taklif-tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomoni-dan 2019 yanvar`-fevral` va sentyabr` oylarida o‘tkazilgan “Yoshlar – bizning kelajagimiz”, “O‘z bolangni o‘zing asra”, “Ogoh bo‘ling: ma’naviy tahdidlar” mavzularidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari dasturi ssenariy-larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 9 oktyabrdagi 03/011-1363-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi va yoshlar iste’molchilik xulqini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxs iste’molchilik xulqi shakllanishi jarayonining periodizatsiyasi, har bir davrdagi ampluasiga doir ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 29 yanvar` kuni efirga uzatilgan “Mulohaza” va 17 mart kuni efirga uzatilgan “Shu kunning mavzusi” nomli ko‘rsatuvlari, viloyat “Oltin voha” radiosining 2019 yil 22 aprelda efirga uzatilgan “Dolzarb mavzu” nomli eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 12 iyuldagi 12-15-343-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka yoshlar iste’molchilik xulqining shakllanishi haqida ma’lumot berishga xizmat qilgan.