Niyazova Zebiniso Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘zning teshib kirgan jarohatlarini davolashda plyonkali bioqoplamalarning qo‘llanilishini morfologik asoslash» 14.00.08 – Oftal`mologiya, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib556.
Ilmiy rahbarlar: Buzrukov Batir Tulkunovich- tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sidikov Akmal Abdikaxarovich- tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nazimovich- tibbiyot fanlari doktori, professor; Chuprov Igor` Nikolaevich- tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Xar`kov milliy tibbiyot universiteti (Xar`kov, Ukraina).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Novacel Ziyo» tarkibida metilen ko‘ki saqlagan polikompozision biodegradatsiyalanuvchi ko‘z dorivor plenkasini ishlab chiqish va tajribada ko‘zning teshib o‘tgan jarohatlarini davolashda xavfsizligi, regenerator va mikrobga qarshi samaradorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar taqdim etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy bo‘lgan tarkibida metilen ko‘ki saqlagan polikompozision biodegradatsiyalanuvchi ko‘z dorivor plenkasi ishlab chiqilgan;
metilen ko‘ki saqlagan polikompozision biodegradatsiyalanuvchi ko‘z dorivor plenkasining regenerator va mikrobga qarshi xususiyatlari asoslangan;
tajribada ko‘zning teshib o‘tgan jarohatlarini davolash uchun mo‘ljallangan, mahalliy plenkaning ko‘rish faoliyatini tiklashdagi regenerator samaradorligi isbotlangan;
ko‘zning teshib o‘tgan jarohatlarida original bo‘lgan tarkibida metilen ko‘ki saqlagan polikompozision biodegradatsiyalanuvchi ko‘z dorivor plenkasining qo‘llanilishi shox parda va ostidagi to‘qimalar morfologik strukturasi tiklanish muddatini qisqartirishi isbotlangan;
metilen ko‘ki saqlagan polikompozision biodegradatsiyalanuvchi ko‘z dorivor plenkasi mahalliy zararlash, allergik va toksik xususiyatlarga ega emasligi hamda ko‘zning teshib o‘tgan jarohatlarini davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘zning teshib o‘tgan jarohatlarini davolashda tarkibida metilen ko‘ki saqlagan polifunksional biofaol qoplamaning terapevtik samaradorligi va klinikadan oldingi baholashda tibbiy-biologik xavfsizligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
ko‘zning teshib kirgan jarohatlarini davolashda plyonkali bioqoplamalarning qo‘llanilishini bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Mahalliy plenkali bioqoplamaning qo‘llanilishi bilan ko‘zning jarohatlarini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8n-d/561 ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bioqoplamalarni qo‘llash natijasida ko‘z jarohatlarini erta tashhislash va samarali davolash taktikasini tanlash orqali hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan;
Oftal`mologik bioqoplamaning mikrobga qarshi sezuvchanligini disk-diffuzion yo‘li bilan aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oftal`mologik bioqoplamaning mikrobga qarshi sezuvchanligini disk-diffuzion yo‘li bilan aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8n-d/562 ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma oftal`mologik bioqoplamaning mikrobga qarshi sezuvchanligini disk-diffuzion yo‘li bilan baholash va samarali davolash taktikasini tanlash imkonini bergan;
tajribada ko‘zning teshib kirgan jarohatlarini davolashda plenkali bioqoplamalarning qo‘llanilishini morfologik asoslashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «Novacel Ziyo» biofaol oftal`mologik qoplamaning qo‘llanilish yo‘li bilan davolash asosida olingan natijalar Toshkent farmatsevtika institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-z/68-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshirish, davolanish va vaqtinchaliq ishga layoqatsizlik muddatini hamda tashrihdan so‘nggi asoratlarni qisqartirish, shuningdek, ko‘ruv a’zosining jarohatlarini davolash uchun mablag‘larni kamaytirishga imkon beradi.