Suyarova Nargiza Yuldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belgi” denotativ semali metaforalarning tasnifi, kognitiv strukturasi va leksikografik talqini”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil 639 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi «belgi» denotativ semali metaforaning lingvomadaniy, lingvokognitiv va leksikografik talqinini berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«belgi» denotativ semali metaforalar shaxsning ichki his-tuyg‘ularini, maqsadini oydinlashtirish asosida turli manzaralarni aks ettiradigan obrazli ifodalash vositasi ekanligi aniqlangan; 
belgi metaforik ko‘chma ma’no axborot mazmunini muayyanlashtirishga, nutqning ta’sirchanligini ta’minlashga, matn tarkibiy qismlari bog‘lanishini mukammallashtirishga xizmat qilishi  izohli lug‘atlarda keltirilgan misollar asosida ochib berilgan; 
metaforalar turmushning fundamental tavsifini beruvchi va hayotning o‘zgarmas qonuniyatlarini uqtirib turuvchi, o‘zida zamon va makon o‘lchamlarini mujassam etgan  til hodisasi ekanligi badiiy asarlardan olingan misollar orqali dalillangan; 
«belgi» denotativ semali metaforalarni ko‘chma ma’noda lisoniylashuvi ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik munosabatlarining shakllanishiga ham ta’sir qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Belgi” denotativ semali metaforalarning tasnifi, kognitiv strukturasi va leksikografik talqinini yoritish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
«belgi» denotativ semali metaforalar shaxsning ichki his-tuyg‘ularini, maqsadini oydinlashtirish asosida turli manzaralarni aks ettiradigan obrazli ifodalash vositasi ekanligiga oid nazariy xulosalardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida inson belgi haqida bilim hosil qilishida shaxs psixologiyasi, kognitiv strukturani shakllantirishi hamda bu strukturaning turli kontekstual vaziyatlarda namoyon bo‘lishi haqida muayyan xulosalar chiqarish imkonini bergan;
belgi metaforik ko‘chma ma’no axborot mazmunini muayyanlashtirishga, nutqning ta’sirchanligini ta’minlashga, matn tarkibiy qismlari bog‘lanishini mukammallashtirishga xizmat qilishiga oid nazariy xulosalaridan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Natijada metaforik ko‘chma ma’nolar semantik derivatsiyaning yorqin namunasi ekanligiga oid xulosalarni oydinlashtirish imkonini bergan;
metaforalar turmushning fundamental tavsifini beruvchi va hayotning o‘zgarmas qonuniyatlarini uqtirib turuvchi, o‘zida zamon va makon o‘lchamlarini mujassam etgan  til hodisasi ekanligiga oid ilmiy xulosalaridan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Natijada «belgi» denotativ semali metaforaning ijtimoiy xoslanishi, lingvomadaniy xususiyati haqidagi masalalarni yoritish imkonini bergan;
«belgi» denotativ semali metaforalarni ko‘chma ma’noda lisoniylashuvi ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik munosabatlarining shakllanishiga ham ta’sir qilishi haqidagi ilmiy xulosalaridan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2577-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik-semantik guruhlarning shakllanishida metaforik ko‘chma ma’noning ta`sir qilish xususiyati, kognitiv va leksikografik tavsifi hamda talqini muammolarini ochib berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish