Tojiboev Akbar Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Startaplar faoliyatinifuqarolik-huquqiy tartibga solish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu430.
Ilmiy rahbar: Omonboy Oqyulov, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilolovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bozorov Sardor Sohibjonovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi startaplar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
startap loyiha tashabbuskori bilan Direksiya o‘rtasida startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitim tuzish zarurligi asoslangan;
startap loyihani venchur moliyalashtirishda venchur investor (direksiya) startap loyiha muassislari tarkibiga kirishi mumkinligi asoslab berilgan;
startap loyihalarni moliyalashtirish buyurtmachi, talabnoma beruvchi (talabgor) va jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan ko‘p tomonlama shartnoma sifatida e’tirof etilishi mumkinligi asoslangan;
startap loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma tuzish uchun talabgor (jismoniy shaxs yoki davlat muassasasi) alohida yuridik shaxs (kompaniya) sifatida harakat qilishi lozimligi asoslantirilgan;
innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘lishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Startaplar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
startap loyiha tashabbuskori bilan Direksiya o‘rtasida startap loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitim tuzish zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 3 iyuldagi 12/20-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi startap loyihaning inkubatsiya va akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitim tuzishga oid munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
startap loyihani venchur moliyalashtirishda venchur investor (Direksiya) startap loyiha muassislari tarkibiga kirishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 53-bandi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 3 iyuldagi 12/20-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi venchur investorlarning tavakkalchilik xatarlarini minimallashtirishga hamda ularning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilgan;
startap loyihalarni moliyalashtirish buyurtmachi, talabnoma beruvchi (talabgor) va jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan ko‘p tomonlama shartnoma sifatida e’tirof etilishi mumkinligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 25-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 3 iyuldagi 12/20-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi startaplar faoliyatini moliyalashtirish shartnomalarini tuzish tartiblarini belgilash bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohaga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan;
startap loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma tuzish uchun talabgor (jismoniy shaxs yoki davlat muassasasi) alohida yuridik shaxs (kompaniya) sifatida harakat qilishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomining 26-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 3 iyuldagi 12/20-6-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi startaplarning tuzilma sifatida fuqarolik munosabatlariga to‘la kirishiga, shuningdek, uchinchi shaxs (investor, sherik va b.)larning huquqlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘lishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 iyuldagi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-sonli Qonuni 12-moddasini shakllantirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 19 yanvardagi 5-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi startap loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga doir davlat buyurtmasi bo‘yicha huquqiy echimlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.