Xamraev Kamol Shuxratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro vohasining sho‘rlangan tuproqlari sho‘rini yuvishning suvtejamkor texnologiyasi”, 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx.225.
Ilmiy rahbar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro vohasining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha darajada sho‘rlangan, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida Biosol`vent birikmasini qo‘llab, tuproqning suvtejamkor sho‘r yuvish texnologiyasinitakomillashtirish hamda g‘o‘zaning ilmiyasoslangan sug‘orish tartibiniishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro vohasining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha darajada sho‘rlangan, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida tuproq sho‘rini Biosol`vent birikmasi asosida yuvishning suvtejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan;
Biosol`vent birikmasi tuproqdagi tuzlarning suvda erishini va suv o‘tkazuvchanligini 14 foizga oshirishi aniqlangan;
tuproq sho‘rini Biosol`vent birikmasi asosida yuvishning suvtejamkor texnologiyasida sho‘r yuvish me’yorlarini 38 foizga kamayishi va muddatlarini15 kunga qisqarishi aniqlangan;
tuproq sho‘ri Biosol`vent birikmasi asosida yuvilgan dalada g‘o‘zadan yuqori hosil olishni ta’minlovchi ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi ishlab chiqilib, daryo suvlarini 32 foizga iqtisod qilinishi va hamda g‘o‘za hosildorligining 3,9 s/ga oshishi aniqlangan;
tajriba dalasining suv-tuz muvozanati davrida 4,2 t/ga tuz chiqib ketib, uning meliorativ holati yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial o‘rtacha darajada sho‘rlangan, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida tuproq sho‘rini yuvishning suvtejamkor texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tuproq sho‘rini yuvishda Biosol`vent birikmasini qo‘llash va g‘o‘zani sug‘orishda maqbul sug‘orish tartibi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida fermer xo‘jaliklari uchun hammualliflikda “Biosol`vent asosida sho‘r yuvish samaradorligini oshirish va sug‘orishda polimer komplekslar qo‘llash orqali suv resurslarini iqtisod qilish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4865-son ma’lumotnomasi).Mazkur tavsiyanoma Buxoro viloyatining sho‘rlangan maydonlarida tuproq sho‘rini yuvishda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar, fermer va dehqonlarga asosiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Biosol`vent birikmasi orqali tuproq sho‘rini yuvish Buxoro viloyatining Buxoro, Jondor hamda Kogon tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 163 gektar maydondajoriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4865-son ma’lumotnomasi).Natijada tuproq sho‘rini yuvishda Biosol`vent birikmasi qo‘llanganda, sho‘r yuvish me’yori 2840–3670 m3/ga ni tashkil etib, sho‘r yuvishga ishlatiladigan suv resurslarini 30 foizga tejashga erishilgan;
tuproq sho‘rini yuvishda suvtejamkor sho‘r yuvish texnologiyasi va g‘o‘zani sug‘orish oldi tuproq namligini ChDNSga nisbatan 70–80–65 tartibda sug‘orish Buxoro tumanidagi “Raxim Sherxon” va “Muhammad Choruqiy” fermer xo‘jaliklarida 68 gektar, Jondor tumanidagi “Laziz Jo‘ra” fermer xo‘jaligida 35 gektar, Kogon tumanidagi “Abduqodirobod” fermer xo‘jaligida 60 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 dekabrdagi 02/25-4865-son ma’lumotnomasi).Natijada sho‘r yuvish tadbirlarida ishlatiladigan suv resurslarini 30 foizga va g‘o‘zanisug‘orishda 30–35 foizga iqtisod qilishga hamda g‘o‘zadan gektaridan 2,4–3,8 sentner qo‘shimcha paxta hosili yig‘ib olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish