G‘opporov Farruxjon Farxodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning S-8295, Kelajak, Jarqo‘rg‘on, S-5707 navlari sug‘orish tartibi va oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish (Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida)”, 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx441.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sabirjan Husanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta tolali S-8295, Kelajak, Jarqo‘rg‘on, S-5707 g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish tartiblari va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ilmiy asosda ishlab chiqish, sug‘orish muddatlarini barg hujayra shirasi konsentratsiyasi orqali tezkor aniqlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali S-8295, Kelajak, Jarqo‘rg‘on, S-5707 g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda maqbul sug‘orish tartiblari va mineral o‘g‘itlar N225 P157,5 K112,5 kg/ga bilan oziqlantirish me’yorlari aniqlangan;
suv tanqisligini yumshatishda suvsizlikka nisbatan chidamli Kelajak, Jarqo‘rg‘on g‘o‘za navlari tanlangan va suv tejashda sug‘orishlarni ChDNSga nisbatan 65-65-60 %namlikda1-2-1 sug‘orishtizimiishlab chiqilgan;
o‘rta tolali g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirish uchun yillik mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning N225 P157,5 K112,5 kg/ga me’yoriishlab chiqilgan;
cug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida tuproqda etarlicha nam to‘planib, o‘simliklar yaxshi o‘sib-rivojlanishi uchun o‘rta tolali S-8295, S-5707 g‘o‘za navlarini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65 % sug‘orish oldi tuproq namligida 1-4-1 tizimda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
sug‘orish muddatlarini zamonaviyelektron qo‘l refraktometri yordamida tezkor aniqlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlarga qo‘llanma sifatida foydalanishi uchun «G‘o‘zaning sug‘orish muddatlarini elektron qo‘l refraktometri yordamida tezkor aniqlash» hamda «O‘rta tolali S-8295 va Kelajak g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnologiyasi» bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/020-3615-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari, paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun S-8295 va Kelajak g‘o‘za navlarini parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
suv tanqisligiga nisbatan chidamli o‘rta tolali Kelajak g‘o‘za navini sug‘orish muddatlarini tezkor aniqlashning takomillashgan texnologiyasi vaKelajak g‘o‘za navi ChDNSga nisbatan 65-65-60 % sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orilib, mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N-225, P-157,5, K-112,5 kg/ga me’yorda oziqlantirish agrotexnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi Jambul hududining «Alisher Qurbonali», «Baxtiyor Samariddin» fermer xo‘jaliklarida jami 63 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/020-3615-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza navga nisbatan gektariga 3-4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan va 1000 dona chigit vazni 8-9 g ga oshganligi, suv resurslari 10-15% tejalishiga erishilgan;
Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Qodirov hududiga qarashli «Hakimov» fermer xo‘jaligida “Jarqo‘rg‘on” g‘o‘za navini parvarishlashda suv resurslarini 10-15% ga tejash imkonini beradigan maqbul texnologiyasi vaJarqo‘rg‘on g‘o‘za navi ChDNSga nisbatan 65-65-60% sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orilib, mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N-225, P-157,5, K-112,5 kg/ga me’yorlarda oziqlantirish agrotexnologiyasi jami 10 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/020-3615-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza navga nisbatan 1-2 marotabagacha sug‘orish soni kamroq bo‘lishi hisobiga sug‘orish suvlari tejalib, gektaridan 5-6 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik 10-12 foizga yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Oqqovoq tajriba uchastkasida g‘o‘zaning ertapishar S-8295 navini samarali parvarishlash agrotexnologiyasiChDNSga nisbatan 70-75-65 % sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orilib, mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N-225, P-157,5, K-112,5 kg/ga oziqlantirish me’yorlari 1 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/020-3615-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza navga nisbatan gektaridan 7-8 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinib, 1000 dona chigit vazni 8-9 g ga va moydorlik ko‘rsatkichlari esa 2,0-2,5 % oshganligi va 1-terim salmog‘i yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
o‘rta tolali S-5707 g‘o‘za navini parvarishlashning maqbul agrotexnologiyalari sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65 % da sug‘orilib, mineral o‘g‘itlar bilan gektariga N-225, P-157,5, K-112,5 kg/ga oziqlantirish me’yorlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 12 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 02/020-3615-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, quruq massasi ortishi, gektaridan 4-5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinib, chigit moydorligi 2,3-2,6 % ga oshishi va rentabellik yuqori bo‘lishi ta’minlangan.