Pardaev Xofiz Qalandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘ qator oralariga tekis ishlov beradigan frontal plug parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T531.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ismoil Tashkentovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Temirov Isroil G‘ulomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bog‘ qator oralari tuprog‘ini tekis va har xil chuqurlikda shudgorlashni ta’minlaydigan ikki modulli frontal plugning konstruktiv sxemasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘ qator oralari tuprog‘ini har xil chuqurlikda tekis shudgorlaydigan, chap va o‘ng korpuslardan tashkil topgan ikki modulli frontal plugning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
frontal plug korpuslarining osma qurilmaga nisbatan joylashish masofasi palaxsa yuzalarining miqdoriga teskari proporsional bog‘langanligi asoslangan;
frontal plug ishchi organlarining maqbul parametrlari tuproqqa kam energiya sarflagan holda ratsional ta’sirini hamda gorizontal, bo‘ylama va ko‘ndalang-vertikal tekisliklarda to‘g‘ri chiziqli harakatini ta’minlaydigan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
har xil chuqurlikda tekis shudgorlaydigan frontal plugning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlari uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘ qator oralarini egat va marzalarsiz har xil chuqurlikda tekis shudgorlaydigan ikki modulli frontal plug parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bog‘ qator oralari tuproqlarini tekis shudgorlash uchun yangi plugga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 00735, 2012 y.). Natijada bog‘ qator oralarini har xil chuqurlikda tekis shudgorlaydigan frontal plugning konstruksiyasini yaratish imkonini bergan;
bog‘ qator oralari tuprog‘ini marza va egatlarsiz tekis shudgorlaydigan ikki modulli frontal plug akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 02/023-969-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘ qator oralari tuprog‘ini tekis shudgorlash hisobiga yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 20 foizga kamaygan;
tekis shudgorlashni ta’minlaydigan ikki modulli frontal plug Pastdarg‘om va Oqdaryo tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 02/023-969-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘ qator oralarini tekis shudgorlashda mehnat sarfi 15 foizga kamayishi ta’minlangan;
ikki modulli frontal plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (konstruktiv sxema, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 iyuldagi 02/023-969-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘ qator oralarini tekis shudgorlaydigan ikki modulli frontal plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.