Atajanova Nargiz Masharibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glisirofitning immunomodullovchi xususiyatlarini o‘rganish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1014.
Ilmiy rahbar: [Batirbekov Akram Anvarovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi immuntanqislik xolatlarida glisirofitning immunomodullovchi ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor me’yorda va ikkilamchi immuntanqislikning uchta modelida (o‘tkir toksik gepatit, gemolitik kamqonlik, nurlanish kasalligi) glisirofit va uning komponentlari  (pushti baxmalgul va qizilmiya ildizi ekstraktlari) formalin bilan chaqirilgan eksperimental artritda yallig‘lanish jarayonini kuchayiishi, kechishining davomiyligi va zo‘rayishiga qarshi ta’siri va intakt hayvonlarda esa immunitet ko‘rsatkichlarini xolatiga immunomodullovchi ta’siri aniqlangan; 
ilk bor glisirofit ikkilamchi immuntanqislik holatida bo‘lgan sichqonlarning periferik qonida qo‘y eritrotsitlariga qarshi antitanalar sonini ko‘paytirishi orqali pasaygan immunologik javob xolatini qayta tiklash qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan; 
turlisababli (o‘tkir toksik gepatit, gemolitik kamqonlik, nurlanish kasalligi) kelib chiqadigan ikkilamchi immuntanqislik xolatlarida glisirofitningmarkaziy (timus, suyak ko‘migi) va periferik (limfa tugunlar) immunitet a’zolari hujayralari xamda qondagi eritrotsitlar va leykotsitlar kamaygan sonini mutanosib ravishda qayta tiklashi isbotlangan;
glisirofit intakt sichqonlarda immunologik va gematologik ko‘rsatkichlarning mavjud bo‘lgan o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklari umumiy sonini kamaytirishi va uning tarkibidagipushti baxmalgul ekstrakti (komponenti) bog‘liqliklar umumiy soni va miqdorini yuqori darajada ko‘paytirishi aniqlangan;
o‘tkir toksik gepatitda glisirofit va uning tarkibidagi komponentlari (xar birining alohida ta’sirida ham) immun a’zolardagi (jigar, timus, taloq va limfa tugunlar)yuzaga kelgan morfologik o‘zgarishlarini qayta tiklashga ijobiy ta’siri aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tajribada ikkilamchi immun tanqislik xolatlarida glisirofitning immunomodullovchi xususiyatlarini aniqlash  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Gepatitlarda immunokorregirlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/226-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malari ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida immun tizim xolatini  immunokorregirlash uchun xizmat qilgan;
ikkilamchi immun tanqislik xolatlarida glisirofitning immunomodullovchi xususiyatlarini aniqlash  bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriyalari va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali eksperimental laboratoriyalari amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 8n-z/42-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi immunomodullovchi faollikka ega bo‘lgan glisirofit kabi dori vositalarini ishlab chiqarishga asos bo‘ladi, ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida o‘tkir toksik gepatit, gemolitik kamqonlik, nurlanish kasalligida immunologik va gematologik ko‘rsatkichlar holatini me’yorlashga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish