Tuxtashev Alisher Bahodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qizilqum hududidagi kichik masshtabli oltin ma’danli konlarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochik, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T394.
Ilmiy maslahatchi: Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Kulniyaz Serik Saginovich, texnika fanlari doktori, professor; Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik masshtabli oltin ma’danli konlarni qazib olish texnologiyasini ishlab chiqishda konning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, kar`erning asosiy o‘lchamlarini aniqlash, shuningdek, konlarni qazib olish va qayta ishlash yaxlit majmuasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilqum hududidagi kichik masshtabli oltin ma’danli konlarning miqdoriy, sifat, kon-geologik belgilari bo‘yicha asosiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kichik masshtabli oltin ma’danli konlarni qazib olishning yaratilayotgan texnologiyasining xususiyatlarini aniqlab beruvchi belgilari aniqlangan;
kichik masshtabli oltin ma’danli konlarini qazib olishda ma’danning miqdor va sifat jihatidan yo‘qotilishini aniqlashning grafoanalitik usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan metodika asosida kar`erning xizmat qilish muddati, zaxiralarni qazib olish chuqurligi hamda kar`er bortidagi tog‘ jinslari qatlamlarining yotish burchaklariga bog‘liq holda kichik masshtabli oltin ma’danli konlarni qazib olish kar`erlari bortlarining umumiy turg‘un qiyalik burchagi aniqlangan;
kichik masshtabli oltin ma’danli konlarini qazib olish kar`erlarining yakuniy konturi turg‘un bortini shakllantiruvchi chegaraviy hududida portlatish skvajinalarining parametrlari aniqlangan;
ilk bor Auminzo-Amantay ma’dan maydonida kichik masshtabli oltin ma’danli konlari alohida qazib olish hududiy zonalariga ajratilgan;
ma’danning miqdor va sifat jihatidan yo‘qotilishining kamayishini, kon massasi hajmining kamayishini ta’minlab beruvchi kichik masshtabli oltin ma’danli konlarini qazib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum hududidagi kichik masshtabli oltin ma’danli konlarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kichik masshtabli oltin ma’danli konlarini qazib olishda ma’danlarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Auminzo-Amantay konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 4 yanvardagi 02-06-04/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, bortlar qiyalik burchaklari loyihada qabul qilinganlarga nisbatan o‘zgartirish va bu kon massasining umumiy hajmini 18068 ming m³ ga kamaytirish imkonini bergan;
bortoldi massivlarini chegaraviy portlatishning oqilona o‘lchamlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Auminzo-Amantay ma’dan maydoni oltin ma’danli konlari kar`erlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 4 yanvardagi 02-06-04/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, pog‘onalar qiyaligini oshirish, bo‘sh tog‘ jinslarining hajmini kamaytirish, chegaraviy massivlar mustahkamligini saqlab qolish va kon ishlarini xavfsiz olib borishni ta’minlash imkonini bergan;
ma’danlarning miqdoriy yo‘qotilish va sifatsizlanish koeffisientlarining ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Auminzo-Amantay ma’dan maydoni oltin ma’danli konlari kar`erlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 4 yanvardagi 02-06-04/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, 15 ta kar`erdan qo‘shimcha 178,88 kg oltin olish imkonini bergan.