Shavkatov Navruzbek Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat va xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1325. 
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat va xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarining sof joriy qiymatini 30 foiz doirasida ta’sir oraliqlarini hisobga olgan holda belgilash asoslangan;
ijtimoiy sohadagi investision loyihalarni davlat tomonidan subsidiyalash orqali minimal daromadlilikni kafolatlash asosida davlat-xususiy sheriklikda moliyaviy munosabatlar takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasida xususiy investorlar bilan hamkorlik samaradorligini oshirish va moliyaviy risklarni minimallashtirishga yo‘naltirilgan alohida loyiha boshqaruvi (SPV) taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining moliyalashtirilishini infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirish orqali diversifikatsiyalash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarining sof joriy qiymatini 30 foiz doirasida ta’sir oraliqlarini hisobga olgan holda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihalari moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini ishonchliligi va samaradorlik doirasini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/01-32/395-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida xususiy investorning kutilayotgan va uchrashi mumkin bo‘lgan ehtimoliy risklar va yo‘qotishlarga tayyor bo‘lishi, loyihadan kutilayotgan daromadlilik darajasidan kelib chiqib, samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi darajasini baholash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy sohadagi investision loyihalarni davlat tomonidan subsidiyalash orqali minimal daromadlilikni kafolatlash asosida davlat-xususiy sheriklikda moliyaviy munosabatlar takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 yanvardagi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi O‘RQ-669-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/01-32/395-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif orqali xususiy investorlarning davlat-xususiy sheriklik loyihalariga bo‘lgan qiziqishi va iqtisodiy manfaatdorligini ortishiga erishilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihasida xususiy investorlar bilan hamkorlik samaradorligini oshirish va moliyaviy risklarni minimallashtirishga yo‘naltirilgan alohida loyiha boshqaruvi (SPV) taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 yanvardagi «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi O‘RQ-669-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/01-32/395-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta loyiha uchun shartnomalar imzolanishga erishilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining moliyalashtirilishini infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirish orqali diversifikatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 30 sentyabrdagi №02-2788-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi infratuzilmasini rivojlantirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish Strategiyasi»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 1 dekabrdagi 02/01-32/395-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha Agentlik strategiyasiga kiritildi va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda amaliyotga joriy etish belgilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish