Xujanazarov Azizjon Anvarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adliya organlarining norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.02. – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu401.
Ilmiy rahbar: Ruziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019. Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari istituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida adliya organlarining norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida adliya organlari tomonidan ularda korrupsiya namoyon bo‘lishi va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga shart-sharoit yaratadigan normalarni aniqlashga e’tibor qaratish zarurligi asoslab berilgan; 
adliya organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilishi zarurligi asoslangan;
adliya organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlar tug‘diradigan shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar hamda normalarni aniqlash yuzasidan huquqiy xulosa berish zarurligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizasi davomida adliya organlari tomonidan ularni mamlakatda amalga oshiriladigan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini aniqlash zarurligi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Adliya organlarining norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida adliya organlari tomonidan ularda korrupsiya namoyon bo‘lishi va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga shart-sharoit yaratadigan normalarni aniqlashga e’tibor qaratish zarurligi haqidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 36-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 11 yanvardagi 12/1-427-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
adliya organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilishi zarurligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy  hujjatlar to‘g‘risida”gi  Qonuni 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 11 yanvardagi 12/1-427-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan davlat idoralarining norma ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi funksiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
adliya organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlar tug‘diradigan shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar hamda normalarni aniqlash yuzasidan huquqiy xulosa berish zarurligi haqidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 36-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 11 yanvardagi 12/1-427-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi adliya organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizasi davomida adliya organlari tomonidan ularni mamlakatda amalga oshiriladigan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini aniqlash zarurligi haqidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 36-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 11 yanvardagi 12/1-427-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish