Sultanova Sabohat Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modelini qo‘llashning nazariy-huquqiy masalalari”, 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu409.
Ilmiy rahbar: Axmedshaeva Mavlyuda Axatovna, yuridik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Akilov Alimjan Raximovich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyarov Shuxrat Namazbaevich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligi faoliyatiga «aqlli tartibga solish» modeli elementlarini tadbiq etish orqali norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadiqotning ilmiy yangiligi: 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga soluvchi ta’sirini baholash dastlab mazkur loyihani ishlab chiquvchi organ ishtirokida baholanishi zarurli asoslab berilgan;
Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng olti oy o‘tgach u bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlashi zarurligi asoslangan;
normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashning uchinchi bosqichida normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilinishi zarurligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi doirasida Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi tomonidan xulosa berilishi bilan bir vaqtda loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholashi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Norma ijodkorligida «aqlli tartibga solish» modelini qo‘llashning nazariy-huquqiy masalari tadqiqoti xulosalaridan olingan natijalar asosida:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchi organ tomonidan ularning tartibga soluvchi ta’sirini dastlabki baholashni o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 51-bandiga muvofiq Reglamentga 7-ilova bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash» sxemasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 20 oktyabr` 12/1-1213-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjat loyihasining dastlabki tartibga solish ta’siri baholashda aynan ushbu loyihani ishlab chiqqan organ ishtirokida amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng olti oy o‘tgach u bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlashi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 51-bandiga muvofiq Reglamentga 7-ilova bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash» sxemasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 20 oktyabr` 12/1-1213-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjat loyihasining dastlabki tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha muddatlarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashning uchinchi bosqichida normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini, zarur hollarda, joyiga chiqqan holda tahlil qilinishi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 51-bandiga muvofiq Reglamentga 7-ilova bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash» sxemasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 20 oktyabr` 12/1-1213-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi uchinchi bosqichida normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligiga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi doirasida Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi tomonidan xulosa berilishi bilan bir vaqtda loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholashi zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 51-bandiga muvofiq Reglamentga 7-ilova bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqiladigan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash» sxemasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 20 oktyabr` 12/1-1213-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish