Gafurov Anvar Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish», 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2019.3.PhD/Iqt397.
Ilmiy rahbar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shaxridagi xalkaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01.
Rasmiy opponentlar: Murodova Husniya Muhiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Sharofiddin Hakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish evaziga aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatida keng ishtirok etishini ta’minlash oraqali boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlarga axborotlarni uzatish va qarorlarni qabul qilish tizimlarini soddalashtirilgan shaklda hamda tranzaksion xarajatlarni optimallashtirish uchun System applications and products (SAR) dasturiy ta’minotlari asosida axborotlashtirishning konseptual sxemasi taklif etilgan;
boshqaruvni raqamli iqtisodiyot tamoyillariga camarali moslashtirish va interaktiv muloqotini keng ta’minlashda aksiyadorlarning shaxsiy portalini tadbiq etish algoritimi asoslab berilgan;
aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvida axborot oshkoralik ko‘rsatkichlarini ortishi asosida aksiyadorlarga to‘lanadigan dividend xajmini ko‘payishi matematik model asosida isbotlangan;
aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarga to‘lanadigan dividend miqdorining prognoz ko‘rsatkichlari 2023 yilga qadar matematik modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyadorlarga axborotlarni uzatish va qarorlarni qabul qilish tizimlarini soddalashtirilgan shaklda hamda tranzaksion xarajatlarni optimallashtirish uchun System applications and products (SAR) dasturiy ta’minotlari asosida axborotlashtirishning konseptual sxemasi bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 21 iyundagi 01-13-359-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyat faoliyatiga joriy etilishi natijasida jamiyat aksiyadorlariga axborotlarni tasniflangan, guruhlangan va soddalashtirilgan shaklda olishga hamda jamiyat boshqaruvini raqamlashtirilishiga xizmat qilgan;
boshqaruvni raqamli iqtisodiyot tamoyillariga camarali moslashtirish va interaktiv muloqotini keng ta’minlashda aksiyadorlarning shaxsiy portalini tadbiq etish algoritimi bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 21 iyundagi 01-13-359-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyat faoliyatiga joriy etilishi natijasida aksiyadorlarning interaktiv muloqotni ta’minlashga va ularning umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish xarajatlarini 60 foizga qisqartirishga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyati korporativ boshqaruvida axborot oshkoralik ko‘rsatkichlarini ortishi asosida aksiyadorlarga to‘lanadigan dividend xajmini ko‘payishi matematik model bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 21 iyundagi 01-13-359-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyat faoliyatiga joriy etilishi natijasida jamiyat veb saytida korporativ boshqaruv tizimiga oid ma’lumotlarni keng joriy etilishiga hamda aksiyadorlarga to‘lanadigan dividend hajmini 0.53 foizga oshirgan;
aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarga to‘lanadigan dividend miqdorining matematik modeli asosida 2023 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 21 iyundagi 01-13-359-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyat faoliyatiga joriy etilishi natijasida jamiyat aksiyadorlarining korporativ boshqaruv tizimida faolligini 23.5 foizga oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish