Yuldashev Zafar Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diskret kasr-chiziqli funksionallar asosida informativ belgilarni tanlash usul va algoritmlari», 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1421.
Ilmiy rahbar: Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diskret kasr-chiziqli funksionallar asosida ob’ektlarni informativ tavsiflash usul va algoritmlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informativ belgilar majmuasini aniqlashda foydalaniladigan diskret kasr-chiziqli funksionallarning ajratish samaradorligini inobatga olgan holda ularning xossalari aniqlangan;
ob’ektni ifodalovchi belgilarning o‘zaro bog‘liqliklari asosida informativ belgilarni aniqlash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
diskret kasr-chiziqli funksionallar asosida informativ belgilar majmuasini aniqlash usul va algoritmlari ishlab chiqilgan; 
diskret kasr-chiziqli funksionallar asosida noinformativ belgilar majmuasini aniqlash usul va algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diskret kasr-chiziqli funksionallar asosida informativ belgilarni aniqlashning mavjud hamda taklif etilgan usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
datchiklardan olingan ma’lumotlar bazasini yaratish, saqlash, qayta ishlash, dastlabki ishlov berish imkonini beruvchi kasr-chiziqli funksionallar xossalari asosida informativ belgilar majmuasini aniqlash usul va algoritmlar asosida yaratilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 33-8/7761-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida transport oqimlarini baholash va tirbandliklarni aniqlashga sarflanadigan vaqtni 10%ga qisqartirish imkonini bergan;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, dastlabki ishlov berish va asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash dasturiy vositasi «Namangan Pharm Plant» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 33-8/7761-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xom-ashyo ko‘rsatkichlarini aniqlash hisobiga ishlab chiqiladigan maxsulot sifati turg‘unligi ta’minlandi, bu esa sifat nazoratiga sarflanadigan vaqtni 15%ga qisqartirish imkonini bergan; 
bemorlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish, dastlabki ishlov berish va tashxislashdagi doimiy nazorat talab qiladigan ko‘rsatkichlarini aniqlash dasturiy vositasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri ko‘p tarmoqli poliklinikasiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 33-8/7761-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tashxislashga sarflanadigan vaqtni 10% ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish