Juginisov Tangirbergen Isaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi ksilofag-hasharotlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/B59.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Djaloliddin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.V.20.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori; Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi ksilofag-hasharotlari faunasini aniqlash va dominant zararkunanda turlariga qarshi ekologik zararsiz profilaktik kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbuyi hududida ksilofag-hasharotlarning 9 turkum, 25 oila, 39 avlodga mansub 42 turi aniqlangan va ularning 40 turi O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan;
ksilofag-hasharotlarning geografik tarqalishi jihatidan tabiiy ekotizimli to‘qayzorlar, antropogen transformatsiyalangan hududlar va madaniy meros ob’ektlaridagi tur tarkibi va ularning tarqalishi asoslangan;
Janubiy Orolbo‘yi hududida yuqori darajada uchrovchi dominant turlar Xylocopa valga, Buprestis rustica, Hylotrupes bajulus, Anobium pertinax Anacanthotermes turkestanicus, A ahngerianus ksilofag-hasharotlarining tarqalishi ochib berilgan;
ksilofag-hasharotlarning antropogen transformatsiyalangan hududlarida uchrovchi dominant turlarining zarar ko‘lami asoslangan;
antropogen transformatsiyalangan hududlarda ksilofag-hasharotlar orasida zararkunandalik jihati bilan dominantlik etuvchi Anacanthotermes avlodi turlarining tarqalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi ksilofag-hasharotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbo‘yi sharoitidagi tabiiy va antropogen ekotizimli, hududlarida tarqalgan ksilofag-hasharotlarning 9 turkumiga oid 42 turlarining 60 dan ortiq nusxa namunalari Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” Noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 4 dekabrdagi 4/1255-3169-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar ksilofag-hasharotlar kolleksiya fondini boyitgan va ksilofag-hasharotlar ma’lumotlar bazasini yaratish hamda respublika hududlari bo‘ylab ularning tarqalishini monitoring qilish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘qay xo‘jaliklari va Qo‘yi Amudaryo davlat biosfera rezervatidagi zararli ksilofag-hasharotlar dominant turlariga qarshi “Beauveria tenella” zamburug‘ining BD-85 shtammi hamda Fipronil Ekstra 20% sus. em., Sermit 10% sus. em., “Pirilaks”, “Pirilaks-Lyuks”, “Oligomer superplastifikator” kabi kimyoviy preparatlarni qo‘llashda ishlab chiqilgan tavsiyalar Beruniy, Chimboy, Nukus, Qo‘ng‘irot va Muynoq tumanlari o‘rmon xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘qay xo‘jaligi qo‘mitasining 2019 yil 12 noyabrdagi 672-son ma’lumotnomasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qo‘mitasining 2019 yil 12 noyabrdagi 01-18-1-3224-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik samaradorlik 85-87% ni tashkil etib, o‘rmon xo‘jaliklarida tarqalgan yirik daraxt va butalarni saqlab qolish imkonini bergan;
antropogen ekotizimli hududlarda ksilofag-hasharotlarning zararli dominant turlariga qarshi “Beauveria tenella” zamburug‘ining BD-85 shtammi hamda kimyoviy preparatlar aralashmasida ishlab chiqilgan takomillashgan zaharli em-xo‘raklarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Aqshaxan, Tashqirman qal’asi, Tuproq, Qirqqiz, Ayaz-1-2 qal’si, Jambas, Qumbasqan qal’asi, Jampiq, Sultan Uvois tog‘ Gaur qal’asi, Mizdaxkan kompleksi, Shibiliy ota ziyoratgohi va Ichan qal’a Juma masjidi, Pahlavon Mahmud, Tosh hovli maqbaralariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 13 noyabrdagi 22-2223-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 20 noyabrdagi 3/4/12-3080-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik samaradorlik 98% ni tashkil etib, madaniy meros ob’ektlari yog‘och konstruksiyalarini saqlab qolish imkonini bergan.