Yusupov Suxrob Qaxramon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida ko‘mir briketi ishlab chiqarish uchun bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T857.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30 12.2019 K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy melassa, nitron tolasi va neft shlamlari asosida ko‘mir briketlari ishlab chiqarish uchun bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
briket bog‘lovchisini olish uchun poliakrilonitril (PAN) tolasini natriy gidroksidning 10%-li eritmasi bilan 1:1 nisbatda gidrolizlash natijasida 92% unum bilan SB bog‘lovchisi olingan;
sintez qilingan SB namunasi bilan 50%-li melassa eritmasi 1:10 massa nisbatda aralashtirib, SB-1 bog‘lovchisi olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
SB-1 bog‘lovchisi va to‘ldiruvchi (4%-li neft shlami) yordamida yuqori mustahkamlikka va g‘ovaklikka ega bo‘lgan ko‘mir briketlarini olish texnologiyasi yaratilgan;
ko‘mir kukunlarining bog‘lovchi va to‘ldiruvchi kompozisiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi aniqlangan;
yuqori yonish issiqligiga ega, g‘ovakli, mustahkam ko‘mir briketlari va ularni biriktiruvchi bog‘lovchi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida ko‘mir briketi uchun bog‘lovchi olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘mir briketlari uchun SB-1 rusumli bog‘lovchi olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts 23766064-08:2018). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
gidrolizlangan PAN va melassa asosida olingan ko‘mir bog‘lovchisi (SB-1) «SHARG’UN BRIKET» MChJda ko‘mir briketlari ishlab chiqarishda amaliyotga joriy etilgan («Ozbekiston temir yollari» AJning 2020 yil 11 dekabrdagi 06/4025-20-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyo va chiqindilar asosida ko‘mir kukunlarini briketlash uchun chetdan keladigan o‘rnini bosuvchi bog‘lovchi olish imkonini bergan.