Pulatov Maxmudjon Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t yo‘llari operatsiyalaridan so‘ng erta qorin ichi asoratlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.4.PhD/Tib735.
Ilmiy rahbar:  Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamol Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t yo‘llari jarroxlik amaliyotidan keyingi qorin ichi erta asoratlarini tashxislash va davolashda zamonaviy yuqori ma’lumotli tashxislash usullarini takomillashtirish orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t yo‘llaridagi turli shoshilinch endobiliar, laproskopik va ochiq jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng rivojlanuvchi qorin ichi erta asoratlari o‘t qopi olingan joyning yiringlashi va peritonit rivojlanishi natijasidagi yuzaga keluvchi og‘riq, defans kabi  kasallik belgilarining rivojlanishining klinik xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor shoshilinch biliar jarrohlik amaliyotlaridan keyin turli qorin ichi erta asoratlarining kechish og‘irligini tashxislash toifasini baholashga qaratilgan kasalikka xos ko‘rsatkichlarning ahamiyatli xususiyatlari asosida integral shkalasi ishlab chiqilgan;
o‘t yo‘llari jarrohlik amaliyotidan keyin turli qorin ichi erta asoratlari, o‘tning qorini bo‘shlig‘iga tarqalishi, qon ketishi va yatrogenlik holatini davolash tartibida tiklovchi-rekonstruktiv jarroxlik amaliyotning samarasi isbotlangan;
o‘t yo‘llaridagi jarrohlik amaliyotidan keyin kasallik toifasining belgilarini inobatga olgan holda qorin ichi erta asoratlarida shoshilinch tibbiy yordam tizimining tashxislash-davolashda videolaproskopik, teri jigar orqali o‘t yo‘llarini ko‘rish va punksion bosqichlarini bajarish texnikasi va taktikasiga qarab davolash tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘t yo‘llaridagi operatsiyalardan so‘ng erta qorin ich asoratlarni takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«O‘t yo‘llaridagi operatsiyalardan so‘ng erta qorin ichi asoratlarni davolash taktikasini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/448-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar o‘t yo‘llaridagi operatsiyalardan so‘ng erta qorin ichi asoratlarni  erta tashxislash va davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«O‘t yo‘llarildagi jarrohlik amaliyotidan keyin QIEAni kechish og‘irlik toifasini bashoratlash shkalasi» amaliy taklif ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/448-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar o‘t yo‘llaridagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng QIEAni kechish og‘irligini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan toifasini statistik ishonchli bashoratlashga imkon bergan;
shoshilinch biliar jarrohlik amaliyotlaridan keyin turli qorin ichi erta asoratlarining kechish og‘irligini tashxislash va   samarali davolashga qaratilgan  ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan o‘t yo‘llaridagi operatsiyalardan so‘ng erta qorin ichi asoratlarni yaxshilashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand va Jizzax filiallari shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 yanvardagi 8n-z/4-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘t yo‘llaridagi operatsiyalardan so‘ng erta qorin ichi asoratlarni davolash sifatini yaxshilash, jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni 11,4%ga, o‘lim holatlarini 2,5%ga pasayishi va bemorlarni kasalxonada bo‘lish davomiyligini 10,8±1,2 kun tashkil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish